«Bunyodkor» – «Poxang Stilerz» uchrashuvida qatarlik hakamlar

Balideh boshqargan o`yinlarda «Bunyodkor» mag`lubiyatga uchramagan.

OChL «E» guruhi 6-turidan o`rin olgan, 16 may kuni Toshkentdagi «Jar» stadionida bo`lib o`tadigan «Bunyodkor» – «Poxang Stilerz» (Janubiy Koreya) uchrashuvini qatarlik hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Bosh hakam Abdulloh Balidehga qanotlarda Volid Sulton al-Mannaiy va Ramazon Said an-Naimiy yordam bersa, Xamis Muhammad al-Kuvariy zaxira hakami sifatida ko`rsatilgan.

42 yoshli Abdulloh Balideh xalqaro faoliyatini 2005 yilda boshlagan. U 2012 yilgi Osiyo Chempionlar Ligasida ikkita o`yinni boshqargan. 21 mart kuni qatarlik hakam boshqaruvidagi «Syongnam Ilva» – «Tianjin Teda» uchrashuvi 1:1 hisobida yakunlangan bo`lsa, 2 may kuni bo`lib o`tgan «Tokio» – «Brisben Roar» uchrashuvida maydon egalari 4:2 hisobida g`alaba qozonishgan.

U o`tgan mavsumlarda o`zbek klublari ishtirokidagi bir qator o`yinlarni boshqargan. Jumladan, 2010 yilgi OChLning guruh bosqichida u boshqargan «Sepohon» (Eron) – «Paxtakor» uchrashuvida toshkentliklar 0:2 hisobida imkoniyatni boy berishgan. E`tiborli tomoni, Balideh shu vaqtgacha «Bunyodkor» ishtirokidagi ikkita uchrashuvni boshqargan va ularning har ikkisida ham Toshkent klubi g`alaba qozongan.

Jumladan, 2010 yilgi mavsum «Al-Vahda» mehmoni bo`lgan «Bunyodkor» 2:1 hisobida g`alaba qozongan bo`lsa, oradan bir yil o`tib, aynan qatarlik hakam boshqargan Tehrondagi o`yinda «Persepolis»ni 3:1 hisobida er tishlatib qaytgan edi.

Eslatib o`tamiz, «Bunyodkor» Poxang Stilerz»ga qarshi uchrashuvda g`alaba qozonsa, keyingi bosqich yo`llanmasini qo`lga kiritadi.

OChL, «E» guruhi, 6-tur uchrashuvi
16 may, chorshanba
«BUNYoDKOR» (O`zbekiston) – «POXANG STILERZ» (Janubiy Koreya)
Bosh hakam:
Abdulloh Balideh (Qatar).
Yon qanot hakamlari: Volid Sulton al-Mannaiy, Ramazon Said an-Naimiy (ikkisi ham – Qatar).
Zaxira hakami: Xamis Muhammad al-Kuvariy (Qatar).
Nazoratchi: Salim Said as-Suvaydiy (BAA).
Komissar: Goko Suminori (Yaponiya).

Ma`lumot uchun:
- «Bunyodkor»ning so`nggi o`yini, «E» guruhidagi vaziyat va o`yinlar taqvimi

mib
uzcard
cola
apex
bmb