«Nasaf» birinchi uchrashuv alamini ololmadi

 

«Nasaf» «Al-Jazira»ga qarshi ikkinchi uchrashuvda ham o`z darvozasidan to`rtta gol o`tkazib yubordi.
 
2 may kuni Qarshining «Nasaf» jamoasi OChL «A» guruhi 5-turi doirasida safarda BAAning «Al-Jazira» jamoasiga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuv 4:1 hisobida arab jamoasi foydasiga hal bo`ldi.
 
Uchrashuv taqdiri birinchi bo`limdayoq hal bo`ldi. 6-daqiqada Bare hisobni ochgan bo`lsa, 14-daqiqadan 42-daqiqagacha Rikardo Oliveyra G`ayrat Hasanov darvozasini uch bora ishg`ol qildi. Braziliyalik futbolchi bu gollardan ikkitasini penaltidan urdi.
 
«Nasaf» yagona javob golini ikkinchi bo`limda urishga muvaffaq bo`ldi. Ilhom Yunusovning to`p uzatishidan so`ng o`ng qanotdan qulay vaziyatga chiqib borgan «Nasaf» hujumchisi Ilhom Shomurodov hisobni qisqartirishga muvaffaq bo`ldi.
 
Guruhning ikkinchi uchrashuvida Eronning «Istiqlol» klubi o`z maydonida Qatarning «Ar-Rayyan» klubini 3:0 hisobida mag`lubiyatga uchratdi. 5-turdan so`ng «Al-Jazira» guruhdan birinchi o`rinni egallagani holda keyingi bosqichga chiqqan bo`lsa, «Istiqlol» ochkolari sonini sakkiztaga etkazib, ikkinchi o`ringa ko`tarilib oldi.
 
«Nasaf» hisobida esa hali ham bir ochko bor, jamoa guruhda so`nggi pog`onani egallab turibdi. Ro`ziqul Berdiev shogirdlari 16 may kuni Qarshida Tehronning «Istiqlol» klubini qabul qilishadi.
 
OChL, «A» guruhi, 5-tur uchrashuvi
2 may, chorshanba
«Al-JAZIRA» (BAA) – «NASAF» (O`zbekiston) 4:1 (4:0)
GOLLAR: Bare (6), Rikardo Oliveyra (14-penalti, 33, 42-penalti) — Ilhom Shomurodov (69).
OGOHLANTIRIShLAR: Abdulla Salmin (74) — Boyan Malishich (13), G`ayratjon Hasanov (42).
«Al-JAZIRA»: Ali Xasief Husaniy, Lukas Nill, Abdulla Salmin, Bare (Ahmad Mabxut, 53), Ibrohim Diaki (Sulton Solih, 46), Abdulla Musa, Matias Delgado, Xolid Lashkariy (Mas`ud Salim, 71), Subayt Xatir, Xamis Ismoil, Rikardo de Oliveyra.
«NASAF»: G`ayratjon Hasanov, Sherzod A`zamov, Botir Qoraev, Jahongir Jiyamurodov, Ilhom Shomurodov (Suhrob Ne`matov, 80), Kenja To`raev (Shuhratbek Mirxoldirshoev, 51), Fozil Musaev (Mirzakamol Kamolov, 60), Shohruh Gadoev, Ilhom Yunusov, Eldor Boymatov, Boyan Malishich.
HAKAMLAR: Piter Grin, Bred Hobson (ikkisi ham – Avstraliya), Muhd Sabri Bin Mat Dovud, Suhayzi Bin Shukri (ikkisi ham – Malayziya).
KOMISSAR: Hasan G`afforiy (Eron).
NAZORATChI: Sun Baojie (Xitoy).
«Muhammad Bin Zayd» stadioni. 820 tomoshabin.
 
Jamoalar
O`
Yu
D
M
T-N
O
1
Al-Jazira
5
4
1
0
14-7
13
2
Istiqlol
5
2
2
1
6-3
8
3
Ar-Rayyan
5
2
0
3
6-8
6
4
Nasaf
5
0
1
4
4-12
1
 
Sana
O`yin
Natija
«A» guruhi o`yinlari taqvimi va natijalari
06.03.
07.03.
Ar-Rayyan – Istiqlol
0:1
Nasaf – Al-Jazira
20.03.
Istiqlol – Nasaf
Al-Jazira – Ar-Rayyan
3:2
03.04.
Istiqlol – Al-Jazira
1:2
Ar-Rayyan – Nasaf
18.04.
Nasaf – Ar-Rayyan
Al-Jazira – Istiqlol
1:1
02.05.
Istiqlol – Ar-Rayyan
3:0
Al-Jazira – Nasaf
4:1
16.05.
Nasaf – Istiqlol
 
Ar-Rayyan – Al-Jazira
 
 
mib
uzcard
cola
apex
bmb