«Paxtakor» keyingi bosqich masalasini so`nggi turda hal qiladi

«Paxtakor» Saudiya Arabistonining «Al-Ittihod» jamoasiga qarshi har ikkala uchrashuvda ham imkoniyatni boy berdi.
 
2 may kuni Toshkentdagi «Jar» stadionida O`zbekiston Kubogi sohibi «Paxtakor» hamda Saudiya Arabistoni vitse-chempioni «Al-Ittihod» klublari o`rtasida OChL «V» guruhi 5-tur uchrashuvi bo`lib o`tdi. Bahs 2:1 hisobida mehmonlar foydasiga hal bo`ldi.
 
Uchrashuvda hisob ikkinchi bo`limning 14-daqiqasida ochildi. Hisob ochuvchi gol «Al-Ittihod» yarimhimoyachisi Naif Hazaziy hisobiga yozildi. Oradan to`qqiz daqiqa o`tib, «Paxtakor»ning gruziyalik yarimhimoyachisi Irakli Klimiashvili hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo`ldi. Ta`kidlash o`rinli, «Paxtakor» futbolchisi musobaqaning eng chiroyli gollaridan biriga mualliflik qildi.
 
«Paxtakor»ning hisob tenglashtiruvchi golidan ko`p o`tmay, jamoa himoyachisi Egor Krimets maydondan chetlatildi. Uchrashuv yakunlanishiga sanoqli soniyalar qolgan bir vaqtda esa «Al-Ittihod» futbolchilari g`alaba golini urishga muvaffaq bo`lishdi. Saudiya klubini muddatidan avval keyingi bosqichga olib chiqqan gol 90+4-daqiqada Muhammad Abusab`on hisobiga yozildi.
 
Ma`lumot o`rnida, «Paxtakor» hamda «Al-Ittihod» o`rtasidagi guruh bosqichining 1-tur uchrashuvida saudiyaliklar 4:0 hisobida g`alaba qozonishgan edi.
 
Guruhning ikkinchi uchrashuvi Qatarning «Al-Arabi» hamda BAAning «Baniyas» jamoalari o`rtasida bo`lib o`tadi. Hozircha «Paxtakor» hisobidagi etti ochko bilan guruhda ikkinchi o`rinni egallab turibdi. Deyan Jurjevich shogirdlari so`nggi uchrashuvni 16 may kuni Abu-Dabida «Baniyas»ga qarshi o`tkazadi.
 
OChL, «V» guruhi, 5-tur uchrashuvi
2 may, chorshanba
«PAXTAKOR» (O`zbekiston) – «Al-ITTIHOD» (Saudiya Arabistoni) 1:2 (0:0)
GOLLAR: Irakli Klimiashvili (68) — Naif Hazaziy (60), Muhammad Abusab`on (90+3).
OGOHLANTIRIShLAR: Irakli Klimiashvili (68) — Naif Hazaziy (26), Muhammad Abusab`on (90+3).
ChETLATISh: Egor Krimets (69).
«PAXTAKOR: Temur Jo`raev, Egor Krimets, Kaxi Maxaradze, Temurxo`ja Abduxoliqiv (Temur Hakimov, 85), Irakli Klimiashvili, Sherzodbek Karimov, Ilhomjon Suyunov, Stanislav Andreev, Vladimir Kozak, Abbosbek Maxstaliev (Alisher Azizov, 63).
«Al-ITTIHOD»: Mabruk Zayd, Rizo Fallatah, Usama al-Harbiy, Naif Hazaziy, Saud Kaririy (Sulton Xudariy, 33), Hamad al-Montashariy, Muhammad Abusab`on, Hatan Bahbir (Muhammad Fauziy, 60), Husni Abdrabu, Abdu Atef (Ali az-Zubaydiy, 72), Ibrohim Hazaziy.
HAKAMLAR: Muhsun Turkiy, Muhammadrizo Abulfazliy, Rasul Farog`iy, Muhsin Qahramoniy (barchasi – Eron).
KOMISSAR: Ahmad Shohir (Maldiv orollari).
NAZORATChI: Hasan G`azanforiy (Kuvayt).
«Jar» stadioni. 4000 tomoshabin.
 
Jamoalar
O`
Yu
D
M
T-N
O
1
Al-Ittihod
5
4
1
0
10-2
13
2
Baniyas
5
2
2
1
7-2
8
3
Paxtakor
5
2
1
2
6-8
7
4
Al-Arabi
5
0
0
5
2-13
0
 
Sana
O`yin
Natija
«V» guruhi o`yinlari taqvimi va natijalari
06.03.
 
Baniyas – Al-Arabi
2:0
Al-Ittihod – Paxtakor
20.03.
Paxtakor – Baniyas
Al-Arabi – Al-Ittihod
1:3
04.04.
Paxtakor – Al-Arabi
Al-Ittihod – Baniyas
1:0
17.04.
Baniyas – Al-Ittihod
0:0
Al-Arabi – Paxtakor
02.05.
Paxtakor – Al-Ittihod
1:2
Al-Arabi – Baniyas
0:4
16.05.
Baniyas – Paxtakor
 
Al-Ittihod – Al-Arabi
 
mib
uzcard
cola
apex
bmb