
Osiyo chempionlar ligasining «E» guruhida O`zbekiston sharafini himoya qilayotgan Toshkentning «Bunyodkor» klubi nim chorak final bellashuvini o`z maydonida qabul qilish imkoniyatini yo`qqa chiqardi.
2 may sanasida Avstraliyada «Adelaida Yunayted» klubiga qarshi saf tortgan «qaldirg`ochlar» 0:0 hisobidagi durangga imzo chekishdi. Bunga qadar yashil qit`a klubi 9 ochko bilan guruhni boshqarib turgan bo`lsa, «Bunyodkor» hisobida 6 ochko mavjud edi. Nazariy jihatdan Toshkent jamoasi ochkolar soni bo`yicha «Adelaida» bilan tenglashib olishi mumkin. Biroq «Jar» stadionida raqibning qo`li baland kelgani sabab (2:1), avstraliyalik futbolchilar o`zaro o`yin nisbatiga ko`ra Mirjalol Qosimov jamoasidan oldinda e`tirof etilishadi.
Guruhdagi ikkinchi o`yinda Yaponiyaning «Gamba Osaka» klubini qabul qilgan Janubiy Koreyaning «Poxang Stilerz» klubi 2:0 hisobida zafar quchib, 9 ochko bilan 2-o`ringa ko`tarilib oldi.
Guruhdagi so`nggi turda «Adelaida» Yaponiyaga safar etsa, «Bunyodkor» Toshkentda «Poxang Stilerz»ni qabul qiladi. Mirjalol Qosimov shogirdlari nim chorak finalga yo`l olishlari uchun 16 may kuni «Jar» stadionida Key liga vakili taslim qilinishi kerak. Ma`lumot o`rnida qayd etish lozim, tomonlarning 20 mart kuni Poxangda bo`lib o`tgan dastlabki o`yinida «qaldirg`ochlar» 2:0 hisobida ustun kelishgandi.
№
|
Jamoa
|
O`
|
Yu
|
D
|
M
|
T-N
|
O
|
1
|
«Adelaida Yunayted»
|
5
|
3
|
1
|
1
|
5-2
|
10
|
2
|
«Poxang Stilerz»
|
5
|
3
|
0
|
2
|
6-3
|
9
|
3
|
«Bunyodkor»
|
5
|
2
|
1
|
2
|
7-7
|
7
|
4
|
«Gamba Osaka»
|
5
|
1
|
0
|
4
|
6-11
|
3
|
Sana
|
O`yin
|
Natija
|
«E» guruhi o`yinlari taqvimi va natijalari
|
||
06.03.
|
Gamba – Poxang
|
0:3
|
Bunyodkor – Adelaida
|
||
20.03.
|
Adelaida – Gamba
|
2:0
|
Poxang – Bunyodkor
|
||
03.04.
|
Gamba – Bunyodkor
|
|
Poxang – Adelaida
|
1:0
|
|
18.04.
|
Adelaida – Poxang
|
1:0
|
Bunyodkor – Gamba
|
||
02.05.
|
Adelaida – Bunyodkor
|
0:0
|
Poxang – Gamba
|
2:0
|
|
16.05.
|
Gamba – Adelaida
|
|
Bunyodkor – Poxang
|
|