
OChL guruh bosqichi 5-turidagi Oliy Liga klublari ishtirokidagi barcha o`yinlar «Sport» telekanalida translyatsiya qilinadi.
2 may kuni Osiyo Chempionlar Ligasida ishtirok etayotgan O`zbekistonning uchta klubi – «Bunyodkor», «Paxtakor» hamda «Nasaf» guruh bosqichi doirasidagi 5-tur uchrashuvlarini o`tkazishadi. «Sport» teleradiokanali ushbu uchrashuvlarning barchasini to`g`ridan-to`g`ri namoyish etishni rejalashtirgan.
Xususan, 2 may kuni 14:55da «Adelaida Yunayted» – «Bunyodkor» o`yini namoyishi boshlansa, 18:25da «Paxtakor» – «Al-Ittihod» bahsi to`g`ridan-to`g`ri ko`rsatiladi. Soat 20:40da esa «Al-Jazira» – «Nasaf» uchrashuvi translyatsiyasi start oladi.
Ma`lumot uchun:
- OChLdagi klublarimiz o`yinlarini boshqaruvchi hakamlar