OChLdagi klublarimiz o`yinlarini boshqaruvchi hakamlar

2 may kuni xalqaro maydonlarda O`zbekiston sharafini himoya qilayotgan Oliy Liga klublari navbatdagi uchrashuvlarni o`tkazishadi.

Osiyo Chempionlar Ligasi nimchorak final bosqichi yo`llanmasi uchun kurashdan chiqib bo`lgan Qarshining «Nasaf» jamoasi chorshanba kuni Abu-Dabida «Al-Jazira» mehmoni bo`ladi. Uchrashuvni avstraliyalik Piter Grin boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi. O`tgan mavsumlarda «Paxtakor» va «Bunyodkor» ishtirokidagi o`yinlarda hakamlik qilgan Gringa bu o`yinda vatandoshi bilan bir qatorda, malayziyalik hakamlar yordam berishadi.

Keyingi bosqich yo`llanmasi uchun kurashni davom ettirayotgan O`zbekiston chempioni – «Bunyodkor» Avstraliyada «E» guruhi peshqadami – «Adelaida Yunayted» mehmoni bo`ladi. Uchrashuvni boshqarish uchun Gongkongdan Liu Kvok Man boshchiligidagi hakamlar brigadasi jalb etilgan. Liu Kvok Man bungacha 2011 yilgi OFK Kubogida «Sho`rtan» hamda «Nasaf» ishtirokidagi o`yinlarda ishlagan.

OChL guruh bosqichi 5-tur uchrashuvlaridan biri Toshkentda bo`lib o`tadi. Unda O`zbekiston Kubogi sohibi «Paxtakor» «V» guruhi peshqadami «Al-Ittihod»ni qabul qiladi. Ushbu uchrashuvni eronlik Muhsin Turkiy boshqaradi. Agar ushbu uchrashuvda «Paxtakor» «Al-Ittihod»ni mag`lubiyatga uchratsa hamda guruhning ikkinchi bahsida BAAning «Baniyas» klubi Qatarning «Al-Arabi» jamoasini mag`lubiyatga uchrata olmasa, toshkentliklar muddatidan avval keyingi bosqich yo`llanmasini qo`lga kiritishadi.

OChL, «A» guruhi, 5-tur uchrashuvi
«Al-JAZIRA» (BAA) – «NASAF» (O`zbekiston)
Bosh hakam: Piter Grin (Avstraliya).
Yon qanot hakamlari: Bred Hobson (Avstraliya), Muhd Sabri Bin Dovud (Malayziya).
Zaxira hakami: Suhayzi Bin Shukri (Malayziya).
Komissar: Hasan G`afforiy (Eron).
Nazoratchi: Sun Baojie (Xitoy).

Ma`lumot uchun:
- «Nasaf»ning so`nggi o`yini, «A» guruhidagi vaziyat va o`yinlar taqvimi

OChL, «V» guruhi, 5-tur
«PAXTAKOR» (O`zbekiston) – «Al-ITTIHOD» (Saudiya Arabistoni)
Bosh hakam: Muhsin Turkiy (Eron).
Yon qanot hakamlari: Muhammadrizo Abulfazliy, Rasul Farog`iy (ikkisi ham – Eron).
Zaxira hakami: Muhsin Qahramoniy (Eron).
Komissar: Ahmad Shohir (Maldiv orollari).
Nazoratchi: Husayn Xadhanfiriy (Kuvayt).

Ma`lumot uchun:
-
«Paxtakor»ning so`nggi o`yini, «E» guruhidagi vaziyat va o`yinlar taqvimi

OChL, «E» guruhi, 5-tur uchrashuvi
«ADELAIDA YuNAYTED» (Avstraliya) – «BUNYoDKOR» (O`zbekiston)
Bosh hakam: Liu Kvok Man (Gongkong).
Yon qanot hakamlari: Chung Min Sang, Lam Chi Xo (ikkisi ham – Gongkong).
Zaxira hakami: Tong Kui Sum (Gongkong).
Komissar: Lai Bun Tek (Singapur).
Nazoratchi: Li Ki Yong (Janubiy Koreya).

Ma`lumot uchun:
-
«Bunyodkor»ning so`nggi o`yini, «E» guruhidagi vaziyat va o`yinlar taqvimi

mib
uzcard
cola
apex
bmb