«Paxtakor» – «Al-Ittihod» uchrashuvida eronlik hakamlar

«Bunyodkor»ning o`yinini boshqarishga ulgurmagan hakam «Paxtakor»ning «Al-Ittihod»ga qarshi uchrashuvida xizmat qiladi.

OChL «V» guruhi 5-turidan o`rin olgan, 2 may kuni Toshkentdagi «Jar» stadionida bo`lib o`tadigan «Paxtakor» – «Al-Ittihod» (Saudiya Arabistoni) uchrashuvini eronlik hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Bosh hakam Muhsin Turkiyga qanotlarda Muhammadrizo Abulfazliy va Rasul Farog`iy yordam bersa, Muhsin Qahramoniy zaxira hakami hakami sifatida ko`rsatilgan.

38 yoshli Muhsin Turkiy so`nggi yillardagi Eronning eng kuchli hakamlaridan biri hisoblanadi. U 2009 yili «Istiqlol» va «Piruzi» o`rtasidagi Tehron derbisini boshqarib, bungacha bo`lgan so`nggi 14 yil davomida bunday sharafga munosib ko`rilgan ilk eronlik hakam bo`lgandi.

Turkiy xalqaro faoliyatini 2003 yil boshlagan. OChL bahslarida esa 2006 yilgi mavsumdan beri ishlab keladi. 2012 yilgi musobaqa guruh bosqichi hisobidan hozircha faqat bitta — «Brisben Roar» (Avstraliya) – «Ulsan Xyonday» (Janubiy Koreya) uchrashuvini («F» guruhi, 4-tur; 1:2) boshqargan. Muhsin Turkiy «E» guruhidan 3-turidan o`rin olgan «Gamba Osaka» – «Bunyodkor» o`yinida ham bosh hakamlik qilishi kerak edi, ammo o`yinga bir necha kun qolganida uning o`rniga tailandlik Chayya Mahapab tayinlangan edi.

Shunga qaramay, Muhsin Turkiy 2012 yilgi OChL doirasida o`zbek klubi ishtirokidagi o`yinda bosh hakamlik qilgan. Turkiy boshqargan va 18 fevral kuni bo`lib o`tgan OChL saralash pley-off uchrashuvida Farg`onaning «Neftchi» jamoasi Dubayning «Ash-Shabob» klubiga 0:3 hisobida imkoniyatni boy berib, OChL guruh bosqichiga chiqa olmagan edi.

2011 yilgi mavsumda esa Muhsin Turkiy Iordaniyaning «Al-Vihdat» hamda Qarshining «Nasaf» jamoalari o`rtasidagi OFK Kubogi yarim final dastlabki uchrashuvida ishlagan. O`sha uchrashuvda 1:1 hisobidagi durang natija qayd etilgan edi.

OChL, «V» guruhi, 5-tur
«PAXTAKOR» (O`zbekiston) – «Al-ITTIHOD» (Saudiya Arabistoni)
Bosh hakam:
Muhsin Turkiy (Eron).
Yon qanot hakamlari: Muhammadrizo Abulfazliy, Rasul Farog`iy (ikkisi ham – Eron).
Zaxira hakami: Muhsin Qahramoniy (Eron).
Komissar: Ahmad Shohir (Maldiv orollari).
Nazoratchi: Husayn Xadhanfiriy (Kuvayt).

Ma`lumot uchun:
-
«Paxtakor»ning so`nggi o`yini, «E» guruhidagi vaziyat va o`yinlar taqvimi

mib
uzcard
cola
apex
bmb