«Adelaida» – «Bunyodkor» o`yinida gongkonglik hakamlar

OChL-2012da ilk bora «Bunyodkor» ishtirokidagi o`yinga sharqiy osiyolik hakamlar brigadasi tayinlandi.

OChL «E» guruhi 5-turidan o`rin olgan, 2 may kuni Avstraliyaning Adelaida shahrida bo`lib o`tadigan «Adelaida Yunayted» – «Bunyodkor» jamoalari o`rtasidagi uchrashuvni gongkonglik hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Bosh hakam Liu Kvok Manga qanotlarda Chung Ming Sang va Lam Chi Xo yordam bersa, Tong Kui Sum zaxira hakami sifatida ko`rsatilgan.

Gongkongning eng iqtidorli futbol referilardan biri hisoblangan Liu Kvok Man 2008 yildan halqaro miqyosdagi o`yinlarni boshqarib keladi. U 2012 yildan boshlab OChL o`yinlariga ham jalb etilmoqda. 33 yoshli Liu Kvok Man «Bunyodkor» ishtirokidagi o`yingacha «G» guruhidagi «Sentral Kost» (Avstraliya) – «Nagoya Grempus» (Yaponiya) uchrashuvini (1:1) va «Nagoya Grempus» – «Tianjin Teda» (Xitoy) uchrashuvini (0:0) boshqarib borgan.

Liu Kvok Man bungacha ham o`zbek klublari ishtirokidagi o`yinlarni boshqarib borgan. Xususan, u 2011 yilgi OFK Kubogi nimchorak final uchrashuvida «Al-Vihdat» (Iordaniya) – «Sho`rtan» o`yinini (2:1) boshqarib borgan bo`lsa, yarimfinalda endi «Nasaf» – «Al-Vihdat» bahsida (1:0) bosh hakamlik qilgan.

Bungacha «Bunyodkor» ishtirokidagi o`yinlarga asosan G`arbiy Osiyo mamlakatlaridan hakamlar tayinlanayotgandi. «Adelaida»ga qarshi 1-tur uchrashuvida livanlik, «Poxang»ga qarshi 2-tur uchrashuvida amirlik hakamlik ishlashgan edi. «Gamba Osaka»ga qarshi 3-tur uchrashuvida dastlab eronlik hakamlar brigadasi boshqarib borishi bildirilgan, biroq o`yinga bir necha kun qolganida eronlik bosh hakam tailandlik hamkasbiga almashtirilgan edi.

OChL, «E» guruhi, 5-tur uchrashuvi
«ADELAIDA YuNAYTED» (Avstraliya) – «BUNYoDKOR» (O`zbekiston)

Bosh hakam: Liu Kvok Man (Gongkong).
Yon qanot hakamlari: Chung Min Sang, Lam Chi Xo (ikkisi ham – Gongkong).
Zaxira hakami: Tong Kui Sum (Gongkong).
Komissar: Lai Bun Tek (Singapur).
Nazoratchi: Li Ki Yong (Janubiy Koreya).

Ma`lumot uchun:
-
«Bunyodkor»ning so`nggi o`yini, «E» guruhidagi vaziyat va o`yinlar taqvimi

mib
uzcard
cola
apex
bmb