«Nasaf»ning taqdiri «Jazira» qo`lida qoldi

Qarshining «Nasaf» klubi Qatar jamoasiga har ikkala o`yinda ham imkoniyatni boy berdi.
 
Ro`ziqul Berdiev shogirdlari Qatarda bo`lib o`tgan dastlabki uchrashuvda 1:3 hisobida imkoniyatni boy bergandi. Qarshi shahrida bo`lib o`tgan javob uchrashuvida ham omad qatarliklarga kulib boqdi.
 
Uchrashuv ikkinchi bo`limi, 16-daqiqasida braziliyalik Rodrigo Tabata tomonidan kiritilgan gol «Rayyan»ga muhim g`alabani keltirdi. «Nasaf» butun o`yin davomida qator imkoniyatlarga ega bo`lgan ersa-da, biror marta ham raqib darvozasi tomon yo`l topa olmadi.
 
«Nasaf» bungacha, «Ar-Rayyan»dan tashqari, BAAning «Al-Jazira» jamoasiga Qarshida imkoniyatni boy bergan (2:4), Eronning «Istiqlol» klubi bilan mehmonda durang (0:0) o`ynagan edi.
 
Ushbu natijana so`ng «Nasaf» 1 ochko bilan «A» guruhining so`nggi jamoasi bo`lib turibdi. «Ar-Rayyan» esa 6 ochko bilan ikkinchi o`ringa ko`tarilib oldi. Biroq «Al-Jazira» – «Istiqlol» uchrashuvida eronliklar g`alaba qozonadigan bo`lsa, Tehron klubi ochkolari soni 7taga etib, ikkinchi o`ringa chiqib oladi. Birinchi o`rinda turgan «Al-Jazira» hisobida esa 9 ochko bor.
 
E`tiborli tomoni, agar «Al-Jazira» «Istiqlol»ni mag`ubiyatga uchratmasa, «Nasaf» OChL nimchorak final yo`llanmasi uchun kurashdan chiqadi. Bundan keyin 2 may kuni «Al-Jazira»ga qarshi Abu-Dabida, 16 may kuni «Istiqlol»ga qarshi Qarshida bo`lib o`tadigan o`yinlar Qashqadaryo klubi uchun ahamiyatga ega bo`lmaydi.
 
OChLda ishtirok etayotgan boshqa ikki O`zbekiston klubi – «Bunyodkor» va «Paxtakor» keyingi bosqichga chiqish imkoniyatini saqlab qolgan. OChL guruh bosqichi 4-turida «Paxtakor» safarda «Al-Arabi»ni 1:0 hisobida mag`lub etgan bo`lsa, «Bunyodkor» Toshkentda «Gamba Osaka» ustidan 3:2 hisobida g`alaba qozondi.
 
OChL, «A» guruhi, 4-tur uchrashuvi
18 aprel, chorshanba
«NASAF» (O`zbekiston) – «Ar-RAYYaN» (Qatar) 0:1 (0:0)
GOL:
Rodrigo Tabata (62).
OGOHLANTIRIShLAR: Fozil Musaev (66), Jahongir Jiyamurodov (90+1) — Fabio Sezar (74), Afonso Alvesh (90+2).
«NASAF»: G`ayratjon Hasanov, Botir Qoraev, Jahongir Jiyamurodov, Andrey Pereplyotkins (Shohruh Gadoev, 67), Ilhom Shomurodov (Kenja To`raev, 82), Nosirbek Otaqo`ziev, Artur Gevorkyan, Fozil Musaev, Erkin Boydullaev (Ilhom Yunusov, 17), Boyan Malishich.
«Ar-RAYYaN»: Umar Barri, Fabio Sezar (Hamad Muhammad, 90+2), Abdulla Tolib, Afonso Alvesh, Rodrigo Tabata, Cho Yong-Xyun, Daniel Goumou, Murod Husayn, Leandro (Jaralloh al-Marriy, 68), Musa`b Mahmud, Natan Ribeyro.
HAKAMLAR: Li Min Xu, Kim Yong-Xa, Ji Syong-Min, Kim Jong Xyok (barchasi – Janubiy Koreya).
KOMISSAR: Allaberdi Mametkuliev (Turkmaniston).
NAZORATChI: Ahmad Juma (BAA).
«Qarshi» markaziy stadioni. 7271 tomoshabin.
 
Jamoalar
O`
Yu
D
M
T-N
O
1
Al-Jazira
4
3
1
0
10-6
10
2
Ar-Rayyan
4
2
0
2
6-5
6
3
Istiqlol
4
1
2
1
3-3
5
4
Nasaf
4
0
1
3
3-8
1
 
Sana
O`yin
Natija
“A” guruhi o`yinlari taqvimi va natijalari
06.03.
07.03.
Ar-Rayyan – Istiqlol
0:1
Nasaf – Al-Jazira
20.03.
Istiqlol – Nasaf
Al-Jazira – Ar-Rayyan
3:2
03.04.
Istiqlol – Al-Jazira
1:2
Ar-Rayyan – Nasaf
18.04.
Nasaf – Ar-Rayyan
0:1
Al-Jazira – Istiqlol
1:1
02.05.
Istiqlol – Ar-Rayyan
 
Al-Jazira – Nasaf
 
16.05.
Nasaf – Istiqlol
 
Ar-Rayyan – Al-Jazira
 
 
mib
uzcard
cola
apex
bmb