
O`zbekiston chempioni «Bunyodkor» ochkolari soni bo`yicha «Poxang Stilerz»ga etib oldi.
18 aprel kuni Toshkentdagi «Jar» stadionida «Bunyodkor» va Yaponiyaning «Gamba Osaka» jamoalari o`rtasida OChL «E» guruhi 4-tur uchrashuvi bo`lib o`tdi. Unda maydon egalari 3:2 hisobida g`alaba qozonishdi. Yaponiyada bo`lib o`tgan dastlabki uchrashuvda «Bunyodkor» 1:3 hisobida imkoniyatni boy bergan edi.
Toshkentdagi uchrashuvda hisob 15-daqiqada ochildi – Kamoliddin Murzoevning aniq zarbasidan so`ng «Bunyodkor» hisobda oldinga chiqib oldi. Biroq besh daqiqa o`tar-o`tmas yaponlar hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo`lishdi. Shunga qaramay, «Bunyodkor» birinchi bo`limni g`olib sifatida yakunladi – 43-daqiqada Lutfulla To`raev «Gamba» darvozasini ishg`ol qildi.
Ta`kidlash joiz, Murzoev bu yilgi Chempionlar Ligasi bahslaridagi o`zining uchinchi golini urishga muvaffaq bo`ldi. Bungacha hujumchi Toshkentda «Adelaida» (1:2) va Janubiy Koreyada «Poxang»ga (2:0) qarshi uchrashuvlarda bittadan gol urgandi.
Uchrashuv yakunlanishiga olti daqiqa qolganida Anvarjon Soliev hisobdagi farqni ikkitaga oshirdi, biroq bu ustunlik hakam tomonidan o`yinning asosiy vaqtiga qo`shib berilgan 4-daqiqada Xiroyuki Abe tomonidan yo`qqa chiqarildi — 3:2.
«E» guruhining ikkinchi uchrashuvida Avstraliyaning «Adelaida Yunayted» klubi Janubiy Koreyaning «Poxang» jamoasini 1:0 hisobida mag`lubiyatga uchratib, ochkolari sonini 9taga etkazib oldi ham guruhda peshqadamlik qilmoqda. «Poxang» va «Bunyodkor» hisobida bir xil – 6tadan ochko bor, biroq to`plar nisbatidagi nisbatan yaxshiroq ko`rsatkich sabab koreys jamoasi guruhda ikkinchi o`rinni band etib turibdi. 2008 yilgi OChL g`olibi «Gamba Osaka» esa 3 ochko bilan oxirgi o`rinda bormoqda.
5-tur uchrashuvlari 2 may kuni bo`lib o`tadi. «Bunyodkor» Avstraliyada «Adelaida Yunayted» mehmoni bo`lsa, «Gamba» Janubiy Koreyada «Poxang Stilerz»ga qarshi bahs olib boradi.
O`zbekistonning OChLdagi boshqa vakillaridan – «Paxtakor» 17 aprel kuni Qatarda «Al-Arabi» ustidan 1:0 hisobida g`alaba qozonib, «V» guruhida ikkinchi o`ringa ko`tarilib olgandi. «A» guruhidan keyingi bosqichga chiqish uchun kurash olib borayotgan Qarshining «Nasaf» jamoasi 18 aprel, soat 19:30da Qarshida Qatarning «Ar-Rayyan» jamoasiga qarshi o`yinni boshlaydi. Uchrashuv «Sport» telekanali orqali to`g`ridan-to`g`ri namoyish etilishi rejalashtirilgan.
OChL, «E» guruhi, 4-tur uchrashuvi
18 aprel, chorshanba
«BUNYoDKOR» (O`zbekiston) – «GAMBA OSAKA (Yaponiya) 3:2 (2:1)
GOLLAR: Kamoliddin Murzoev (14), Lutfulla To`raev (42), Anvarjon Soliev (84) — Shu Kurata (18), Xiroyuki Abe (90+3).
OGOHLANTIRIShLAR: Artyom Filiposyan (60).
«BUNYoDKOR»: Ignatiy Nesterov, Xayrulla Karimov, Anvar G`ofurov, Javlon Ibrohimov, Shavkat Salomov, Emil Kenjisariev, Lutfulla To`raev, Artyom Filiposyan, Kamoliddin Murzoev (Anvar Rajabov, 58), Viktor Karpenko (Ruslan Melzitdinov, 90), Yan Kozak (Anvarjon Soliev, 80).
«GAMBA OSAKA»: Yosuke Fujigaya, Sota Nakazava, Xiroki Fujixara, Xayato Sasaki (Rafinya, 46), Takaxiro Futagava (Xiroyuki Abe, 62), Shu Kurata (Paulo Oliveyra, 80), Yasuyuki Konno, Tomokazu Miojin, Akixiro Sato, Akira Kaji, Takuya Takei.
HAKAMLAR: Xalil al-Gamdiy, Badr ash-Shumraniy, Fahad al-Umriy, Fahad al-Mirdasiy (barchasi – Saudiya Arabistoni).
KOMISSAR: Chin Fan Chuang (Xitoy Taypeyi).
NAZORATChI: Husayn Asqariy (Eron).
«Jar» stadioni. 4000 tomoshabin.
№
|
Jamoa
|
O`
|
Yu
|
D
|
M
|
T-N
|
O
|
1
|
«Adelaida Yunayted»
|
4
|
3
|
0
|
1
|
5-2
|
9
|
2
|
«Bunyodkor»
|
4
|
2
|
0
|
2
|
7-7
|
6
|
3
|
«Poxang Stilerz»
|
4
|
2
|
0
|
2
|
4-3
|
6
|
4
|
«Gamba Osaka»
|
4
|
1
|
0
|
3
|
6-9
|
3
|
Sana
|
O`yin
|
Natija
|
«E» guruhi o`yinlari taqvimi va natijalari
|
||
06.03.
|
Gamba – Poxang
|
0:3
|
Bunyodkor – Adelaida
|
||
20.03.
|
Adelaida – Gamba
|
2:0
|
Poxang – Bunyodkor
|
||
03.04.
|
Gamba – Bunyodkor
|
|
Poxang – Adelaida
|
1:0
|
|
18.04.
|
Adelaida – Poxang
|
1:0
|
Bunyodkor – Gamba
|
3:2
|
|
02.05.
|
Adelaida – Bunyodkor
|
|
Poxang – Gamba
|
|
|
16.05.
|
Gamba – Adelaida
|
|
Bunyodkor – Poxang
|
|