«Paxtakor» OChL-2012dagi ikkinchi g`alabasini qo`lga kiritdi

O`zbekiston Kubogi sohibi «Paxtakor» Qatarning «Al-Arabi» klubini amalda OChLdan chiqarib yubordi.

«Paxtakor» Osiyo Chempionlar Ligasi «V» guruhi 4-tur uchrashuvini safarda Qatarning «Al-Arabi» jamoasiga qarshi o`tkazdi. Qatar jamoasi himoyachilari va darvozaboni xatosi hamda «paxtakorchi» Oybek Qilichev bilan Temurxo`ja Abduxoliqovning faolligi «Paxtakor»ga uch ochko keltirgan golga sabab bo`ldi. 1:0 hisobi o`yin oxirigacha o`zgarmadi va «Paxtakor» guruhdagi ikkinchi g`alabasini ham «Al-Arabi» bilan o`yinda qo`lga kiritdi.

Deyan Jurjevich shogirdlari bungacha Saudiya Arabistonining «Al-Ittihod» klubiga imkoniyatni boy berishgan, BAAning «Baniyas» klubi bilan Toshkentda durang o`ynashgan, shuningdek, «Al-Arabi»ga qarshi dastlabki uchrashuvda 3:1 hisobida g`alaba qozonishgan edi.

«Paxtakor» 5-tur uchrashuvini 2 may kuni Toshkentda Saudiya Arabistonining «Al-Ittihod»ga qarshi o`tkazadi. OChL nimchorak final bosqichi yo`llanmasi uchun kurashdan chiqqan «Al-Arabi» esa shu kuni «Baniyas»ni mehmon qiladi.

«Paxtakor» 17 apreldagi g`alabadan so`ng ochkolari sonini 7taga etkazib, «V» guruhida ikkinchi o`ringa mustahkam o`rnashib oldi. 4-tur doirasida «Baniyas» bilan 0:0 hisobida durang o`ynagan guruh peshqadami – «Al-Ittihod» hisobida esa 10 ochko bor. Uchinchi o`rindagi «Baniyas» esa «Paxtakor»dan ikki ochko kam jamg`argan.

OChLdagi o`zbek klublari ishtirokidagi o`yinlar 18 aprel kuni davom etadi. Toshkentdagi «Jar» stadionida bo`ladigan «Bunyodkor» – «Gamba Osaka» (Yaponiya) uchrashuvi Toshkent vaqti bilan 17:00da boshlansa, «Nasaf»ning «Ar-Rayyan» (Qatar)ga qarshi Qarshidagi o`yini 19:30da boshlanadi. Har ikkala o`yin ham «Sport» telekanali tomonidan to`g`ridan-to`g`ri namoyish etilishi rejalashtirilgan.

OChL, «V» guruhi, 4-tur uchrashuvi
17 aprel, seshanba
«Al-ARABI» (Qatar) – «PAXTAKOR» (O`zbekiston) 0:1 (0:1)
GOL: Temurxo`ja Abduxoliqov (41).
OGOHLANTIRIShLAR: Abdulla Hasan (22), Muhammad Mahmud (53), Hodi Oqiliy (73), Mo`az Yusuf (88) — Dilshod Sharofetdinov (40), Oybek Qilichev (53), Davronbek Hoshimov (90+2).
ChETLATISh: Oybek Qilichev (75, ikkinchi ogohlantirish).
«Al-ARABI»: Rajab Hamza, Muhammad Mahmud (Mo`az Yusuf, 82), Abdulaziz Hatim, Volid Muhiddin, Leonardo Piskulichi, Majdi Siddiq, Abdulla Hasan (Abdulloh Muborak, 82), Buolim Xoukiy, Ahmad Muhammad, Arafot Jako (Abdulaziz Abdulla, 70), Hodi Oqiliy.
«PAXTAKOR»: Temur Jo`raev, Egor Krimets, Kaxi Maxaradze, Temurxo`ja Abduxoliqov, Irakli Klimiashvili, Sherzodbek Karimov, Davronbek Hoshimov, Dilshod Sharofetdinov, Stanislav Andreev, Aleksey Nikolaev, Oybek Qilichev.
HAKAMLAR: Navaf Abdulla, Yosir Xalil, Navaf Shahin, Jamil Juma (barchasi — Bahrayn).
KOMISSAR: Hasan G`afforiy (Eron).
NAZORATChI: Abdulkarim Avniy (Iordaniya).
«Grand Hamad» stadioni. 500 tomoshabin.
 
Jamoalar
O`
Yu
D
M
T-N
O
1
Al-Ittihod
4
3
1
0
8-1
10
2
Paxtakor
4
2
1
1
5-6
7
3
Baniyas
4
1
2
1
3-2
5
4
Al-Arabi
4
0
0
4
2-9
0
 
Sana
O`yin
Natija
«V» guruhi o`yinlari taqvimi va natijalari
06.03.
 
Baniyas – Al-Arabi
2:0
Al-Ittihod – Paxtakor
20.03.
Paxtakor – Baniyas
Al-Arabi – Al-Ittihod
1:3
04.04.
Paxtakor – Al-Arabi
Al-Ittihod – Baniyas
1:0
17.04.
Baniyas – Al-Ittihod
0:0
Al-Arabi – Paxtakor
0:1
02.05.
Paxtakor – Al-Ittihod
 
Al-Arabi – Baniyas
 
16.05.
Baniyas – Paxtakor
 
Al-Ittihod – Al-Arabi
 
 
mib
uzcard
cola
apex
bmb