OChLdagi klublarimiz o`yinini boshqaradigan hakamlar

Seshanba va chorshanba kunlari O`zbekiston klublari Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichidagi 4-tur uchrashuvlarini o`tkazishadi.
 
Qatarda bo`lib o`tadigan «Al-Arabi» – «Paxtakor» uchrashuvini bahraynlik hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Shukrulla Navaf o`yin bosh hakami etib tayinlangan.
 
Toshkentda bo`lib o`tadigan «Bunyodkor» – «Gamba Osaka» bahsini Xalil al-Gamdi boshliq saudiyalik hakamlar boshqarib borsa, Qarshida bo`lidigan «Nasaf» – «Istiqlol» o`yinida janubiy koreyalik hakamlar ishlashadi.
 
17 aprel, 2012 yil (21:00)
«AL-ARABI» (Qatar) - «PAXTAKOR» (O`zbekiston)
Bosh hakam: Shukrulla Navaf (Bahrayn)
Qanot hakamlari: Tulefat Yosir va Muso Navaf (ikkalasi ham Bahrayn)
Zaxira hakami: Muhammad Jamil (Bahrayn)
Komissar: Hassan G`affori (Eron)
 
18 aprel, 2012 yil (17:00)
«BUNYoDKOR» (O`zbekiston) - «GAMBA OSAKA» (Yaponiya)
Bosh hakam: Xalil Ibrohim Al-Gamdi (Saudiya Arabistoni)
Qanot hakamlari: Badr Al-Shumrami va F`ad Al-Amri (ikkalasi ham Saudiya Arabistoni)
Zaxira hakami: Mirdasi Fahad (Saudiya Arabistoni)
Komissar: Chuang Chin Fan (Xitoy Taypeyi)
 
18 aprel, 2012 yil (19:30)
«NASAF» (O`zbekiston) - «AR-RAYYaN» (Qatar)
Bosh hakam: Li Minxu (Janubiy Koreya)
Qanot hakamlari: Kim Youngxa va Ji Sung Min (ikkalasi ham Janubiy Koreya)
Zaxira hakami: Kim Jong Xyok (Janubiy Koreya)
Komissar: Muhammad Namshan (Saudiya Arabistoni)
mib
uzcard
cola
apex
bmb