«Neftchi» 2-o`ringa tushdi

Farg`onaning «Neftchi» klubi OFK Kubogi guruh bosqichidagi mag`lubiyatsiz yurishini davom ettirmoqda.

Yuriy Sarkisyan shogirdlari OFK Kubogi «D» guruhi 4-tur bahslari doirasida Ummonning «Al-Oruba» klubi mehmoni bo`lishdi. Uchrashuvda hisob ochilmadi. O`yin yakunlanishi arafasida «Neftchi» yarimhimoyaisi Sherzod Hakimov hakam tomonidan maydondan chetlatildi.

«Neftchi» imkoniyatni boy bermagan bo`lsa-da – Iordaniyaning «Al-Vihdat» jamoasi Hindistonda «Salgokar»ni 2:1 hisobida mag`lubiyatga uchratib, ketma-ket uchinchi zafar quchgani sabab – guruhda ikkinchi o`ringa tushdi.

24 aprel kuni bo`lib o`tadigan 5-tur bahslarida «Neftchi» Iordaniyada «Al-Vihdat» mehmoni bo`lsa, «Salgokar» o`z maydonida Ummon klubini qabul qiladi.

OFK Kubogi, «D» guruhi, 4-tur
10 aprel, seshanba
«AL-ORUBA» (Ummon) – «NEFTChI» (O`zbekiston) 0:0
Ogohlantirishlar:
Muhammad Hamid al-Muhayniy (35), Abdulloh Solih (49), Saud al-Araimiy (65) — Dilyorbek Ermatov (31), Aziz Alijonov (83), Sherzod Hakimov (69).
Chetlatish: Sherzod Hakimov (90+6).
«AL-ORUBA»: Ahmad Xamis al-Kulxatiy, Habibulloh Dahmaniy (Emerson, 75), Roiz Ibrohim Solih (Danilo Teysheyra, 51), Rashid Ali al-Mashoixiy, Saud al-Araimiy, Muhammad Hamid al-Muhayniy, Juma al-Ma`shariy, Muhammad Solih al-Muhayniy, Ibrohim Sobit al-Muhayniy, Iyd Muhammad al-Forsiy, Abdulloh Salim.
«NEFTChI»: Eldor Isaboev, Shukurali Po`latov, Oybek Nurboev, Baxtiyorjon Yoqubov, Mansurjon Saidov, Aziz Alijonov, Otabek Isroilov (Sherzod Hakimov, 60), Sardor Mirzaev, Iqboljon Akramov, Dilyorbek Ermatov, Shavkat Nasibullaev (Faxriddin Xolmurodov, 80).

«SALGOKAR» (Hindiston) – «AL-VIHDAT» (Iordaniya) 1:2 (0:1)
Gollar:
Isfoq Ahmad (71) — Amir Abdulkarim (8), Mahmud Shilbayah (82).
Chetlatish: Irungbam Meytei (55).

mib
uzcard
cola
apex
bmb