«Al-Oruba» – «Neftchi» o`yini boshlanish vaqti o`zgardi

Ummonning «Al-Oruba» va O`zbekistonning «Neftchi» klublari o`rtasidagi OFK Kubogi «D» guruhi 4-tur uchrashuvining boshlanish vaqtiga o`zgartirish kiritildi.

OFK Musobaqalar o`tkazish bo`limi ma`lumotiga ko`ra, «Al-Oruba» stadioni yoritish tizimida muammo yuz bergani sabab, 10 aprel kuni «Neftchi»ga qarshi o`yin avval rejalashtirilganidek, Toshkent vaqti bilan, 21:00da emas, 17:00da boshlanadi.

Ma`lumotga ko`ra, «Sib Sports Stedium»ning yoritish tizimini boshqarish xonasida 28 mart kuni yong`in kelib chiqib, tizim to`liq ishdan chiqqan. Stadion egalari bergan ma`lumotga ko`ra, tizimni ta`mirlash uchun bir oy vaqt kerak bo`ladi va buning uchun Italiyadan mutaxassis kelishi kerak. Tizim to`liq ishdan chiqqani uchun biror bir sinov o`tkazishning ham iloji yo`q.

Eslatib o`tamiz, 3-tur yakuniga ko`ra, Farg`onaning «Neftchi» klubi o`z guruhida peshqadam bo`lib turibdi. Sarkisyan shogirdlari bungacha hali birorta uchrashuvda mag`lubiyatga uchrashmagan.

mib
uzcard
cola
apex
bmb