
OFK Osiyo Chempionlar ligasining nimchorak final o`yinlari sanasiga o`zgartirishlar kiritdi.
Ishtirokchi mamlakat terma jamoalarining JCh-2014 saralash 4-bosqichida doirasida 3 iyun kuni bo`lib o`tadigan o`yinlarga yaxshi tayyorlanishlari uchun OFK Osiyo Chempionlar ligasi nimchorak final (1/8 final) o`yinlari muddatiga o`zgartirish kiritdi.
Unga ko`ra, g`arbiy mintaqadagi pley-off bahslari 22 va 23 may kunlari bo`lib o`tsa, sharqiy mintaqadagi o`yin vaqtlari o`zgarishsiz qolgan.
OFKning bu o`zgartirishidan so`ng, asli g`arbiy mintaqaga kiradigan O`zbekiston klublari ham 22-23 may kunlari, ham 29 may kuni o`yin o`tkazishi mumkin. Agar «Nasaf» keyingi bosqichga chiqsa, «S» guruhi vakili bilan 22 may kuni o`ynaydi, «V» guruhidan keyingi bosqichga chiqishi mumkin bo`lgan «Paxtakor» esa 23 may kuni «D» guruhi vakili bilan o`ynaydi.
«Bunyodkor» Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichining sharqiy mintaqasida ishtirok etayotgani uchun, agar jamoa keyingi bosqich yo`llanmasini qo`lga kiritsa, «G» guruhi vakiliga qarshi o`yinni 29 may kuni o`tkazadi.
Ma`lumot o`rnida aytish joiz, OChL guruh bosqichining 3-turidan so`ng, O`zbekiston chempioni «Bunyodkor» «E» guruhida so`nggi (3 ochko), O`zbekiston vitse-chempioni «Nasaf» «A» guruhida oxirgi (1 ochko), O`zbekiston Kubogi «Paxtakor» esa «V» guruhida 3-o`rinni egallab turibdi (4 ochko).
OChL, 1/8 final o`yinlari taqvimi
G`arbiy mintaqa
22 may, seshanba
«A» guruhi g`olibi – «S» guruhi ikkinchi jamoasi
«S» guruhi g`olibi – «A» guruhi ikkinchi jamoasi
23 may, chorshanba
«V» guruhi g`olibi – «D» guruhi ikkinchi jamoasi
«D» guruhi g`olibi – «V» guruhi ikkinchi jamoasi
29 may, seshanba
«E» guruhi g`olibi – «G» guruhi ikkinchi jamoasi
«G» guruhi g`olibi – «E» guruhi ikkinchi jamoasi
30 may, chorshanba
«F» guruhi g`olibi – «H» guruhi ikkinchi jamoasi
«H» guruhi g`olibi – «F» ikkinchi jamoasi