
Toshkentning «Paxtakor» klubi Osiyo chempionlar ligasi doirasidagi o`zining ilk g`alabasini qo`lga kiritdi.
Qatarning «Al-Arabi» klubini qabul qilgan Deyan Jurjevich shogirdlari 3:1 hisobida ustun kelishdi. Qiziq tomoni, bir kun avval «Nasaf» va «Bunyodkor» xalqaro maydonda xuddi shu hisobda imkoniyatni boy bergan bo`lishsa, bir necha soat oldin Farg`onaning «Neftchi» klubi Ummon etakchilaridan biri «Al-Oruba»ni 3:1 hisobida taslim qilgandi.
«Jar» stadioni mezbonlik qilgan «Paxtakor» va «Al-Arabi» klublari o`yinida hisob 10-daqiqada ochildi. Gol muallifi Sherzod Karimov. 37-daqiqada o`zini ko`rsatgan Leanardo Piskulichi Aleksandr Lobanov darvozasini ishg`ol qilib, muvozanatni tikladi. Shundan keyin ustunlikni o`z qo`liga olgan Toshkent klubi Dilshod Sharofetdinov va Temurxo`ja Abduholiqovning goli evaziga g`alabani o`z tomoniga og`dira oldi.
3-turdan keyin «paxtakorchilar» 4 ochko bilan nim chorak finalga chiqish imkoniyatni saqlab qolishdi.
OChL, «V» guruhi, 3-tur uchrashuvi
4 aprel, chorshanba
«PAXTAKOR» (O`zbekiston) — «Al-ARABI» (Qatar) 3:1 (1:1)
GOLLAR: Sherzod Karimov (9), Dilshod Sharofetdinov (74), Temurxo`ja Abduxoliqov (90+3) — Leonardo Piskulichi (37).
OGOHLANTIRIShLAR: Sanibal Oraxavots (47), Egor Krimets (51) — Majdi Siddiq (41), Abdulla Hasan (72), Muhammad Mahmud (81).
«PAXTAKOR»: Aleksandr Lobanov, Egor Krimets, Kaxi Maxaradze, Sanibal Oraxovats, Temurxo`ja Abduxoliqov, Irakli Klimiashvili (Vladimir Kozak, 87), Sherzod Karimov (Abbosbek Maxstaliev, 71), Davron Hoshimov, Stanislav Andreev, Aleksey Nikolaev, Oybek Qilichev (Dilshod Sharofetdinov, 64).
«Al-ARABI»: Rajab Hamza, Muhammad Mahmud, Hodi Oqiliy, Abdulaziz Hatim (Arafot Jako, 78), Volid Muhiddin, Muhammad Salim (Ali Fartus, 84), Leonardo Piskulichi, Majdi Siddiq, Abdulla Hasan, Buolim Xoukiy, Ahmad Muhammad.
HAKAMLAR: Tan Xai, Su Jige, Xuo Veyming (uchchalasi ham — Xitoy), Dmitriy Mashentsev (Qirg`iziston).
KOMISSAR: Faris Mutazim (Iordaniya).
NAZORATChI: Abdulrahmon al-Zayd (Saudiya Arabistoni).
«Jar» stadioni. 5532 tomoshabin.