«Nasaf» ikkinchi marta mag`lub bo`ldi

O`zbekiston vitse-chempioni «Nasaf» OChL guruh bosqichi 3-tur uchrashuvida 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Ro`ziqul Berdiev shogirdlari Qatarda «Ar-Rayyan»ga qarshi to`p surishdi.

Uchrashuvda hisob 9-daqiqadayoq ochildi. «Ar-Rayyan» qarshi hujumi vaqtida «Nasaf» himoyachilari Tabataga jarima maydonchasiga kirmasdan turib Zuhurov darvozasi tomon zarba berish uchun imkon berishdi. Braziliyalik futbolchi bu imkondan foydalanmay qolmadi – 1:0.

«Nasaf» faqat ikkinchi bo`limda tenglashtirishga muvaffaq bo`ldi. 58-daqiqada Artur Gevorkyanning o`ng qanotdan etkazib bergan to`pini Ilhom Shomurodov boshi bilan «Rayyan» darvozasiga joylab qoldi.

Qolgan daqiqalarda har ikkala jamoada bir qator imkoniyatlar bo`ldi, biroq Qatar klubi imkoniyatlardan foydalanishda tejamkorroq bo`ldi. 65-daqiqada Goma hisobni 2:1 ko`rinishiga keltirgan bo`lsa, zaxiradan maydonga tushgan Alovutdin 88-daqiqada yakuniy nuqtani qo`ydi.

Guruhning ikkinchi uchrashuvida Tehronning «Istiqlol» jamoasi o`z maydonida BAAning «Al-Jazira» klubiga 1:2 hisobid imkoniyatni boy berdi.

OChL, «A» guruhi, 3-tur uchrashuvi
3 aprel, seshanba
«Ar-RAYYaN» (Qatar) – «NASAF» (O`zbekiston) 3:1 (1:0)
GOLLAR:
Rodrigo Tabata (9), Daniel Goumou (65), Ahmad Alovuddin (88) — Ilhom Shomurodov (58).
OGOHLANTIRIShLAR: Hamad Muhammad (77), Cho Yong-Xyun (85) — Erkin Boydullaev (53).
«Ar-RAYYaN»: Soud Abdulla, Abdulla Tolib, Afonso Alvesh, Rodrigo Tabata, Cho Yong-Xyun, Daniel Goumou, Murod Husayn, Leandro (Hamad Muhammad, 69), Musa`b Mahmud (Hamid Ismoil, 46), Yunus Ali Rahmatiy (Ahmad Alovuddin, 86), Natan Ribeyro.
«NASAF»: Murodjon Zuhurov, Sherzod A`zamov, Botir Qoraev, Jahongir Jiyamurodov, Andrey Pereplyotkins (Shohruh Gadoev, 83), Ilhom Shomurodov (Shuhratbek Mirxoldirshoev, 76), Artur Gevorkyan, Fozil Musaev, Erkin Boydullaev, Mirzakamol Kamolov (Ivan Boshkovich, 55), Boyan Malishich.
HAKAMLAR: Yuichi Nishimura, Toru Sagara, Toshiyuki Nagi (uchchalasi ham – Yaponiya), Akbar Baxshizoda (Eron).
KOMISSAR: Nosir ar-Riyomiy (Ummon).
NAZORATChI: Ali Ahmad at-Trayfiy (Saudiya Arabistoni).
«Ahmad Bin Ali» stadioni. 1877 tomoshabin.

mib
uzcard
cola
apex
bmb