
O`zbekiston chempioni «Bunyodkor» OChLdagi uchinchi o`yinida ikkinchi mag`lubiyatga uchradi. Yaponiyada «Gamba Osaka»ga qarshi maydonga tushgan Qosimov shogirdlari 1:3 hisobida imkoniyatni boy berishdi.
Uchrashuvda hisob 14-daqiqada, Yasuxito Endoning aniq zarbasidan so`ng ochildi. Birinchi bo`limda bu hisob o`zgarmay qoldi.
Ikkinchi bo`limda «Gamba» futbolchilari ikki marta penalti tepish imkoniga ega bo`lishdi. Har ikkala penaltini ham Rafinya aniq amalga oshirib, jamoasini 3:0 hisobida oldinga olib chiqdi. Qayd etish joiz, uchinchi golda penalti ikki marta amalga oshirildi; birinchi urinishda Nesterov raqib futbolchisining zarbasini qaytarishga muvaffaq bo`lgandi.
O`yin yakunlanishi arafasida Anvarjon Soliev, bosh bilan bergan zarba orqali, hisobni qisqartirishga muvaffaq bo`lgan. 3:1 hisobi o`yin yakuniga qadar o`zgarmadi.
Guruhning ikkinchi uchrashuvi Janubiy Koreyaning «Poxang Stilerz» va Avstraliyaning «Adelaida Yunayted» klublari o`rtasida bo`lib o`tadi.
OChL, «E» guruhi, 3-tur
3 aprel, seshanba
«GAMBA OSAKA» (Yaponiya) – «BUNYoDKOR» (O`zbekiston) 3:1 (1:0)
GOLLAR: Yasuxito Endo (14), Rafinya (58, penalti, 77, penalti) — Anvarjon Soliev (88).
OGOHLANTIRIShLAR: Akixiro Sato (39), Yasuxito Endo (59), Tomokazu Miojin (89) — Sahob Jo`raev (40), Artyom Filiposyan (79), Yan Kozak (82).
«GAMBA OSAKA»: Yosuke Fujigaya, Sota Nakazava, Xiroki Fujixara, Yasuxito Endo, Rafinya, Shinichi Terada, Shu Kurata (Xayyato Sasaki, 68), Yasuyuki Konno, Akixiro Sato (Tomokazu Miojin, 78), Akira Kaji (Daiki Niva, 85), Takuya Takei.
«BUNYoDKOR»: Ignatiy Nesterov, Xayrulla Karimov, Anvar G`ofurov, Devid Karni (Emil Kenjisariev, 68), Shavkat Salomov, Lutfulla To`raev, Artyom Filiposyan, Kamoliddin Murzoev (Bahodir Pardaev, 79), Viktor Karpenko, Sahob Jo`raev (Anvarjon Soliev, 81), Yan Kozak.
HAKAMLAR: Chayya Mahapab (Tailand), Hasan Kamronifar, Muhammadrizo Mansuriy, Muhsin Qahramoniy (uchchalasi ham – Eron).
KOMISSAR: Kemel Tokabaev (Qirg`iziston).
NAZORATChI: Richard Lorents (Avstraliya).
«Ekspo ’70» stadioni. 6100 tomoshabin.