1-ligada ishtirok etishi kerak bo`lgan «Imkon-Oltiariq» klubi o`rniga «Qo`qon-1912» musobaqaga qo`shilgani haqida xabar berib o`tgandik. Endi 1-ligada ikkinchi o`zgarish yuz berdi.
«Lokomotiv-BFK» bilan bog`liq bo`lgan moliyaviy sabablar tufayli Toshkent klubi birinchi ligada ishtirok etmaydigan bo`ldi. Uning o`rniga Marg`ilonning «Atlaschi» klubi 1-liganing sharqiy zonasida musobaqaga qo`shiladi. Taqvimga ko`ra «Lokomotiv-BFK» 3 aprel kuni o`z maydonida «Bunyodkor-2»ni qabul qilishi kerak edi. Marg`ilon klubi musobaqaga kech qo`shilgani sabab 1-ligadagi o`yinlarini 2-turdan boshlaydi. «Bunyodkor-2»ga qarshi o`yin esa zahira kunlarining birida bo`lib o`tadi. Demak «Atlaschi» mavsumdagi ilk o`yinni o`z maydonida 6 aprel kuni «Guliston»ga qarshi o`tkazadi.