«Nasaf» «Istiqlol» bilan durang o`ynadi

O`zbekiston vitse-chempion «Nasaf» 20 martni, «Bunyodkor» boshlagan an`anani buzmagan holda yakunladi.

20 mart, seshanba kuni Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichi 2-turidan o`rin olgan bir qator o`yinlar bo`lib o`tdi. Qayd etish joiz, O`zbekiston sharafini himoya qilayotgan barcha klublar xuddi shu kuni o`z o`yinlarini o`tkazishdi va, 1-tur o`yinlaridan farqli o`laroq, ularning birortasi mag`lubiyatga uchramadi.

«Bunyodkor» safarda «Poxang Stilerz» ustidan g`alaba qozongan bo`lsa, «Paxtakor» o`z maydonida «Baniyas» bilan durang o`ynagan edi. Eng so`nggi bo`lib Qarshining «Nasaf» jamoasi Tehronning «Istiqlol» jamoasiga qarshi maydonga tushdi. O`yin davomida har ikkala tomonda bir qator qulay imkoniyatlar bo`lganiga qaramay, uchrashuvda hisob ochilmadi.

Shunday qilib, «Nasaf» qo`lga kiritgan dastlabki ochkosi hisobiga «A» guruhida uchinchi o`ringa ko`tarilib oldi. «Istiqlol» to`rt ochko bilan ikkinchi o`rinda borayotgan bo`lsa, o`z maydonida Qatarning «Al-Arabi» jamoasini 3:2 hisobida mag`lubiyatga uchratgan BAAning «Al-Jazira» klubi olti ochko bilan guruh peshqadami bo`lib turibdi.

3 aprel kuni bo`lib o`tadigan 3-tur o`yinlarida «Istiqlol» o`z maydonida «Al-Jazira»ni qabul qilsa, «Nasaf» «Ar-Rayyan» uyiga safar qiladi.

OChL, «A» guruhi, 2-tur uchrashuvi
20 mart, seshanba
«ISTIQLOL» (Eron) – «NASAF» (O`zbekiston) 0:0
OGOHLANTIRISh:
Ivan Boshkovich (45+1).
«ISTIQLOL»: Mahdi Said Rahmatiy, Husro Haydariy, Mahdi Amirobodiy, Hanif Umronzoda, Arash Burhoniy (Ismoil Sharifat, 82), Samuel Jeyloyd, Said Maysam Husayniy, Goran Jerkovich (Milad Midovudiy, 66), Faridun Zandi, Pejmon Muntaziriy, Ali Hamudiy (Muhsin Yusufiy, 85).
«NASAF»: Murodjon Zuhurov, Maqsud Karimov (Sherzod A`zamov, 46), Botir Qoraev, Jahongir Jiyamurodov, Andrey Pereplyotkins (Ilhom Shomurodov, 90+3), Artur Gevorkyan, Fozil Musaev, Ivan Boshkovich, Erkin Boydullaev, Shohruh Gadoev (Mirzakamol Kamolov, 81), Boyan Malishich.
HAKAMLAR: Abdulloh al-Hiloliy, Hamid Sulaymon al-Mayahiy, Xolid Nosir al-Hinoiy, Ibrohim Muborak al-Husniy (barchasi – Ummon).
KOMISSAR: Abdulhamid Abdulg`ofur (Maldiv orollari).
NAZORATChI: Vikramatunga Samararatna (Shri-Lanka).
«Ozodi» stadioni. 41520 tomoshabin.

mib
uzcard
cola
apex
bmb