«Paxtakor» OChLdagi dastlabki ochkosini qo`lga kiritdi

O`zbekiston Kubogi sohibi «Paxtakor» OChL guruh bosqichi 2-turida o`z maydonida durang o`ynadi.

Deyan Jurjevich shogirdlari BAAning «Baniyas» jamoasiga qarshi o`yinda hisobni birinchi bo`lib ochishdi – «Paxtakor»ning OChL-2012dagi dastlabki goli 29-daqiqada Dilshod Sharofetdinov hisobiga yozildi. Birinchi bo`limda hisob boshqa o`zgarmadi.

Ikkinchi bo`lim «Baniyas» g`alabasi bilan yakuniga etdi. 60-daqiqada «Baniyas» futbolchilari amalga oshirgan jarima zarbasidan so`ng, «Paxtakor» himoyachilari e`tiboridan chetda qolgan Muhammad Favziy hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo`ldi.

Ushbu hisob o`yin yakuniga qadar o`zgarmadi.

Qatarning «Al-Arabi» hamda Saudiya Arabistonining «Al-Ittihod» jamoalari o`rtasidagi guruhning ikkinchi uchrashuvi Toshkent vaqti bilan 20:30da boshlanadi.

Hozircha, «Baniyas» to`rt ochko bilan «V» guruhi peshqadamiga aylanib olgan bo`lsa, «Paxtakor» bir ochko bilan uchinchi o`ringa ko`tarildi. 4 aprel, chorshanba kuni bo`ladigan 3-tur o`yinlarida «Paxtakor» Toshkentda «Al-Arabi»ni qabul qilsa, «Baniyas» Saudiyada mehmon bo`ladi.

OChL, «V» guruhi, 2-tur uchrashuvi
20 mart, seshanba
«Paxtakor (O`zbekiston) – «Baniyas» (BAA) 1:1 (1:0)
GOLLAR:
Dilshod Sharofetdinov (29) – Muhammad Favziy (60).
OGOHLANTIRIShLAR: Vladimir Kozak (85) — Muhammad Jobir Nosir (18), Sulton Ali Said (27), Ahmad Ali Xamis (90+5).
«PAXTAKOR»: Temur Jo`raev, Egor Krimets, Kaxi Maxaradze, Sanibal Oraxovats (Sherzodbek Karimov, 46), Irakli Klimiashvili, Bahriddin Vahobov (Temurxo`ja Abduxoliqov, 64), Davronbek Hoshimov, Dilshod Sharofetdinov (Vladimir Kozak, 57), Stanislav Andreev, Aleksey Nikolaev, Oybek Qilichev.
«BANIYaS»: Muhammad Ahmad, Ismoil Maykl Buozid, Muhammad Favziy, Andre Sengor, Favzi Bashir (Ahmad Ali Xamis, 78), Sulton Ali Said (Farid Ismoil Muborak, 87), Navaf Muborak, Muhammad Jobir Nosir, Zamir Muhammad Ahmad, Yusuf Jobir, Ibrohim Said Mas`ud (Xabush Solih, 46).
HAKAMLAR: Myong Yong Choi, Pyong Yon Yang, Jung Min Li, Dae Yong Kim (barchasi – Janubiy Koreya).
KOMISSAR: Nosir ar-Riyomiy (Ummon).
NAZORATChI: Ismoil Safiriy (Eron).
«Jar» stadioni. 2300 tomoshabin.

mib
uzcard
cola
apex
bmb