«Bunyodkor» «Poxang»ni safarda mag`lubiyatga uchratdi

Toshkentning «Bunyodkor» klubi 2012 yilgi Osiyo Chempionlar Ligasi bahslaridagi dastlabki g`alabasini qo`lga kiritdi.

Janubiy Koreyada «Poxang Stilerz» mehmoni bo`lgan Mirjalol Qosimov shogirdlari 2:0 hisobida g`alaba qozonishdi. Jamoa gollari Lutfulla To`raev va Kamoliddin Murzoev hisobiga yozildi.

Guruhning ikkinchi uchrashuvida Avstraliyaning «Adelaida Yunayted» klubi o`z maydonida Yaponiyaning «Gamba Osaka» jamoasini 2:0 hisobida mag`lubiyatga uchratib, «E» guruhining yaqqol peshqadamiga aylanib oldi.

«Bunyodkor» va «Poxang»ning barcha ko`rsatkichlari, hozircha, bir xil bo`lsa, «Gamba» ikki uchrashuvda ham imkoniyatni boy berib, o`z darvozasidan beshta javobsiz gol o`tkazib yuborgani holda guruh autsayderi bo`lib turibdi.

3-tur «Bunyodkor» Yaponiyaga safar qilsa, «Poxang» o`z maydonida «Adelaida Yunayted»ni qabul qiladi. O`yinlar 3 aprel, seshanba kuni bo`lib o`tadi.

OChL, «E» guruhi, 2-tur
20 mart, seshanba
«POXANG STILERZ» (Janubiy Koreya) – «BUNYoDKOR» (O`zbekiston) 0:2 (0:1)
GOLLAR:
Lutfulla To`raev (28), Kamoliddin Murzoev (77).
OGOHLANTIRISh: Kim Von-Il (24).
«POXANG STILERZ»: Shin Xva-Yong, Kim Kvang-Suk, Xvang Jin-Sung, Kim Von-Il, Kim Tae-Su (Kim Chan-Xyo, 82), Jung Xang-Yon, Shin Kvang-Xun, Ko Mu-Yul, Shin Xyon-Min, Cho Chan-Xo (Park Sung-Xo, 75), Yanis Ziku (No Pyong-Jun, 52).
«BUNYoDKOR»: Ignatiy Nesterov, Xayrulla Karimov, Anvar G`ofurov, Devid Karni (Emil Kenjisariev, 90), Shavkat Salomov (Ruslan Melzitdinov, 90+2), Lutfulla To`raev, Artyom Filiposyan, Kamoliddin Murzoev (Anvarjon Soliev, 90+2), Viktor Karpenko, Sahob Jo`raev, Yan Kozak.
HAKAMLAR: Ali Hamad al-Badvaviy, Solih Muhammad al-Marzuqiy, Umar al-Hamudiy, Hamad Ahmad Hoshimiy (barchasi – BAA).
KOMISSAR: Muzammil Bin Muhammad (Singapur).
NAZORATChI: Azimiy Bin Abdulloh (Malayziya).
«Poxang Stilyard» stadioni. 3449 tomoshabin.

mib
uzcard
cola
apex
bmb