«Paxtakor» OChLni mag`lubiyat bilan boshladi

Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichini Saudiya Arabistonining «Al-Ittixod» klubiga qarshi o`yin bilan boshlagan O`zbekiston Kubogi sohibi «Paxtakor» yirik hisobda imkoniyatni boy berdi.

O`yinning 2-daqiqagasiga keliboq mezbonlar Abdulg`ani Fayziy kiritgan gol evaziga oldinga o`tib olishgandi. «Paxtakorchilar» bosh murabbiyi Deyan Jurjevich aytib o`tganidek, tezkor gol mehmonlar rejasini butkul o`zgartirib yubordi. Natijada Timur Jo`raev o`z darvozasidan yana 3ta to`p olib chiqishga majbur bo`ldi. 29-daqiqada Muhammad Abusabon o`zini ko`rsatgan bo`lsa, 36-daqiqada ikkinchi sariq kartochkaga loyiq ko`rilgan Aleksandr Kletskov maydondan chetlatildi. Ikkinchi bo`limda ham bir kishi kam harakat qilgan «Paxtakor» yana 2ta gol o`tkazib yubordi.

«V» guruhidagi ikkinchi o`yinda BAAning «Baniyas» klubi Qatarning «Al-Arabi» klubini mag`lubiyatga uchratdi – 2:0.

20 mart kuni «Paxtakor» 2-tur doirasida «Baniyas»ni qabul qilsa, «Al-Ittixod» Qatarda mehmon bo`ladi.

OChL, «V» guruhi, 1-tur
6 mart, seshanba
«AL-ITTIHOD» (Saudiya Arabistoni) – «PAXTAKOR» (O`zbekiston) 4:0 (2:0)
GOLLAR:
Muhammad Abdulg`aniy (4), Muhammad Abusaba`n (29, 52), Abdulloh Ismoil (59).
OGOHLANTIRIShLAR: Saud Kaririy (45+1) — Aleksandr Kletskov (31), Kaxi Maxaradze (54), Dilshod Sharofetdinov (60).
ChETLATISh: Aleksandr Kletskov (37, ikkinchi ogohlantirish).
«AL-ITTIHOD»: Mabruk Zayd, Hamad al-Muntashariy, Ibrohim Hazzoziy, Usoma al-Harbiy, Mishal as-Sayid, Muhammad Nur, Saud Kaririy, Husni Abdurabu (Ayman Sobir, 63), Muhammad Abusaba`n, Noif Hazzoziy (Fabris N’Guessi, 77), Muhammad Abdulg`aniy, (Abdulloh Ismoil, 55).
«PAXTAKOR»: Temur Jo`raev, Aleksey Nikolaev, Naoya Shibamura, Aleksandr Kletskov, Murod Xolmuhammedov, Sanibal Oraxovats, Irakliy Klimiashvili (Sherzod Karimov, 46), Dilshod Sharofetdinov (Vladimir Kozak, 61), Stanislav Andreev (Oybek Qilichev, 46), Kaxi Maxaradze, Farhod Tojiev.
HAKAMLAR: Minoru Tojo, Toshiyuki Nagi, Xaruxiro Otsuka, Jumpey Iida (barchasi — Yaponiya).
KOMISSAR: Ayman Muhammad (Iordaniya).
NAZORATChI: Viktor Kolpakov (Qirg`iziston).
«Shahzoda Abdulloh al-Faysal» stadioni. 250 tomoshabin.

«BANIYaS» (BAA) — «AL-ARABI» (Qatar) 2:0 (1:0)
Gollar:
Jabir Al-Hammadi (45), Havier Este Navarro (77).

mib
uzcard
cola
apex
bmb