«Bunyodkor» «Adelaida»ga yutqazdi

O`zbekiston chempioni «Bunyodkor» 2012 yilgi Osiyo Chempionlar Ligasini mag`lubiyat bilan boshladi.

Mirjalol Qosimov shogirdlari 6 mart, seshanba kuni Toshkentdagi «Jar» stadionida Avstraliyaning «Adelaida Yunayted» klubini qabul qildi. Uchrashuv 2:1 hisobida mehmonlar g`alabasi bilan yakuniga etdi.

O`yinning 12-daqiqasida amalga oshirilgan burchak to`pidan so`ng «Adelaida» futbolchilari hisobni ochishga muvaffaq bo`lishdi. Nayjel Bogard bosh bilan bergan zarbasi bilan hisobni ochishdi. Ikkinchi bo`limning 7-daqiqasiga kelib avstraliyaliklar hisobdagi farqni ikkitagacha oshirishdi: Viktor Karpenkoning jarima zarbasidan so`ng «Adelaida» qarshi hujumga o`tdi. «Bunyodkor» darvozaboni va himoyachilari o`rtasidagi tushunmovchilikdan Entoni Golek unumli foydalanib qoldi.

O`yinning so`nggi daqiqalarida «Bunyodkor» hisob qisqartiruvchi golni urishga muvaffaq bo`ldi. So`nggi daqiqalarda «Adelaida» darvozasi tomonga hujumga o`tgan «Bunyodkor»ning ketma-ket zarbalarini o`tkir burchakda turgan Kamoliddin Murzoev gol bilan yakunlashga muvaffaq bo`ldi.

«Bunyodkor» va «Adelaida» o`rin olgan «E» guruhining ikkinchi uchrashuvi Yaponiyaning «Gamba» hamda Janubiy Koreyaning «Poxang Stilerz» jamoalari o`rtasida bo`lib o`tdi. Unda, safar to`p surishiga qaramay, Janubiy Koreya vakillari 3:0 hisobida g`alaba qozonishdi va 1-turdan so`ng guruh peshqadami bo`lib turishibdi.

2-tur uchrashuvlari 20 mart, seshanba kuni bo`lib o`tadi. «Adelaida Yunayted» o`z maydonida «Gamba Osaka»ni qabul qilsa, «Bunyodkor» Janubiy Koreyaga safar qiladi.

OChL, «E» guruhi, 1-tur uchrashuvi
6 mart, seshanba
«BUNYoDKOR» (O`zbekiston) – «Adelaida Yunayted» (Avstraliya) 1:2 (0:1)
GOLLAR: Kamoliddin Murzoev (90+4) — Nayjel Bugard (12), Entoni Golets (53).
OGOHLANTIRISh: Dario Vidoshich (90+4).
«BUNYoDKOR»: Ignatiy Nesterov, Akmal Shorahmedov, Xayrulla Karimov, Anvar G`ofurov, Devid Karni (Shavkat Salomov, 64), Emil Kenjisariev (Javlon Ibrohimov, 46), Lutfulla To`raev, Slavolyub Jorjevich, Anvarjon Soliev (Kamoliddin Murzoev, 64), Viktor Karpenko, Bahodir Pardaev.
«ADELAIDA YuNAYTED»: Evgen Galekovich, Usoma Malik, Nayjel Bugard, Deniel Mallen, Zenon Karavelya (Fransisko Paskuetta, 72), Dario Vidoshich, Bryus Djit (Serjio van Diyk, 62), Entoni Golets, Kemeron Vatson, Yan Remzi, Juzeppe Barbero (Jonatan Makkeyn, 85).
HAKAMLAR: Andre al-Haddad, Birak Ziad, Hodi al-Kassar, Radvan Gandur (barchasi – Livan).
KOMISSAR: Allaberdi Mametkuliev (Turkmaniston).
NAZORATChI: Ki Yong Li (Janubiy Koreya).
«Jar» stadioni. 7000 tomoshabin.

«GAMBA OSAKA» (Yaponiya) – «POXANG STILERZ» (Janubiy Koreya) 0:3 (0:2)
GOLLAR:
Kim Tae-Su (19), Zoran Rendulich (22), Derek Asamoa (76).

mib
uzcard
cola
apex
bmb