O`zbekiston 1-ligasining 2012 yilgi mavsumi uchun 29 fevral kuni qur`a tashlanadi.
Yangi mavsumda reglament o`zgarmaydi. O`tgan yil bo`lgani kabi Oliy liga sari kurash olib borayotgan klublar 2ta zonaga ajratiladi. Har bir zonada eng yaxshi natija qayd etgan sakkiz klub ikkinchi bosqichga yo`l olsa, qolgan klublar ikkinchi ligaga tushib ketmaslik uchun raqobat hosil qilishadi. Birinchi bosqichda bir zonada bo`lgan klublarning o`zaro qayd etgan natijasi ikkinchi bosqichga avtomatik tarzda o`tkaziladi. Shu tariqa ikkinchi bosqichda bir-biriga qarama-qarshi bo`lgan zona vakillari o`zaro kurash olib borishadi.
29 fevral kungi qur`a tashlash marosimi 12:00 da boshlanadi.