Jamshid Saidov: Superligada kuchsiz jamoaning o‘zi yo‘q

Superliga 13-turidan o‘rin olgan Qizilqum – OKMK (1:0) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Jamshid Saidov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Juda og‘ir o‘yin bo‘ldi. OKMK qanday jamoa ekanligini bilamiz. Bugun bahs uchun yigitlarga minatdorchilik bildiraman. Anchadan beri g‘alaba qozonmagan edik. Bizni qo‘llab-quvvatlashga Navoiydan tashrif buyurgan ishqibozlarga tashakkur aytaman. Oldinga qadam tashlashda davom etamiz.

Mendagi legionerlarni barchasi talabga javob beradi. Ularning barchasi o‘ynamoqda va jamoaga naf keltirmoqda. Jamoadagi 3 ta gruziyalik legionerlar milliy jamoasi uchun qayg‘urmoqda. O‘zim Yevropa chempionatini tomosha qilishga vaqt topa olmayman. O‘zimizning chempionatni kuzatish bilan bandman.

Har qanday xolatda ham yangi nomlar bo‘ladi. Selektsiyani amalga oshiramiz. Oldinda bizni Mashal bilan kubokdagi bahs kutib turibdi. Keyin Yekatirinburgga yig‘inlar uchun uchib ketamiz. U yerda uchta o‘yinda ishtirok etamiz. Toshkentga qaytamiz va poytaxtda yangi futbolchilarni ko‘rikdan o‘tkazamiz.

Bu ma’lumotni qayerdan olganingizni bilmayman. Oldimizda kubok bahsi bor. Qolganini vaqt ko‘rsatadi. Hozir hech narsa ayta olmayman. Bilasiz, davrlar oralig‘ida futoblchini safga qo‘shib olish juda mushkul. Bizda transfer ta’qiqi qo‘yilgan. Uni olib tashlash uchun kerakli ishlarni amalga oshiramiz.

Nasafning o‘z vazifalari bor. Bizda ham o‘ziga xos vazifa bor. Demak, Nasafga yordam bergandek taassurot qoldirdik. Shu bilan birgalikda, o‘zimiz uchun o‘ynadik. Hozir asosiy e’tibor stadion va baza qurilishga qaratilmoqda. Chempionat hali uzoq davom etadi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb