Mirjalol Qosimov: Bugun hech kimning hayoli joyida emasdi

Superliga 13-turidan o‘rin olgan Qizilqum – OKMK (1:0) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Natija uchun o‘zimiz aybdormiz. Qizilqumni g‘alaba bilan tabriklayman. O‘zimiz raqibga imkoniyat yaratib berdik. Ruhan yutqazdik. Kuchli taraflarimiz ko‘p edi. Imkonim bo‘lganida 7-8 ta futbolchini almashtirib yuborgan bo‘lar edim. Ular hayolan ta’tilga chiqib ketishgan edi. Qancha takrorlamay, ularga buni singdira olmadim. Hech kimning hayoli joyda emas edi.

Ko‘p gol urganimiz yaxshi, ko‘p o‘tkazib yuborganimiz esa yomon. Bu o‘z-o‘zidan aytib turibdiki, jamoamiz muxlislarga yoqadigan futbol namoyish etmoqda. Hujumkor futbol o‘ynaganimiz sababli qarshi hujumda to‘p o‘tkazib yubordik.

Yosh futbolchilarga to‘liq ishonib bo‘lmaydi. Ular bir o‘yinni yaxshi o‘ynab, keyin 5 ta bahsda umuman ko‘zga tashlanmasligi mumkin. 30-35 yoshli futbolchilar stabil harakat qiladi. Tajribasi yordamida jamoaga yordam beradi. Biz uchun kim uchrashuvga tayyor ekanligi ko‘proq muhim. 15 yoki 35 yosh ekanligini farqi yo‘q. Ular jamoa uchun harakat qilishi shart.

Albatta, tarkibni kuchaytirish lozim. Transferlar bo‘lishi kerak. O‘tgan safar ham aytgan edim. Bu ish oson emas. Imkon qadar harakat qilamiz.

O‘tgan mavsumda agar, Nasafni so‘nggi turda yenganimizda chempionatni ikkinchi o‘rin bilan tugatishimiz mumkin edi. Agar oldingizga chempionlikni maqsad qilib qo‘ysangiz, davra yakunidagi o‘yinlar boshlanmasdan hayolan ta’tilga chiqib olish kerak emas. Mana shunday faktorlar bor.

Albatta, qizil kartochka o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Qo‘shimchasiga, havo haroratini ham baland ekanligi sezildi. Shunga qaramay, yigitlar oxirgacha kurash olib borishdi. Hech yo‘q, tenglashtirish uchun imkoniyatlar bo‘ldi.

Gadoyev ikkinchi davradan ortga qaytadi. 1-iyulda Qatarga uchib borib test topshiradi. Umid qilamanki, jamoamizga naf keltiradi. Azizga keladigan bo‘lsak, u juda ko‘p ishlashi kerak. Men uni dam olishiga yo‘l qo‘ymayman. O‘zi uchun harakat qilishi kerak. Shahar bedarvoza emas. Bu yerda, chidagan o‘ynaydi. Chidamaganlar bilan xayrlashamiz.

Imkon qadar yoshlarni kuzatyapman. Biz tez-tez asosiy va o‘rinbosarlar o‘rtasida o‘rtoqlik o‘yinlarini o‘tkazib turamiz. U ham bizni jamoamiz. Ularni chetda qoldirmaganmiz. Yoshlarga yo‘nalish berishimiz mumkin, ammo harakat va tortib ketish ularni o‘ziga bog‘liq.

mib
uzcard
cola
apex
bmb