Vitaliy Levchenko: Qo‘rqinchli narsa yo‘q, ishlashda davom etamiz.

Superliga 13-turidan o‘rin olgan Neftchi – Lokomotiv (1:1) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Bugun o‘yin epizodlarga bo‘lindi. Birinchi bo‘limda yaxshi imkoniyatlarga ega bo‘ldik, ammo foydalana olmadik. Yakunda, hech narsa o‘xshamadi. Ikkinchi bo‘limda yaxshi boshladik, ammo ustunlikni raqibga berib qo‘yganimiz sababli to‘p o‘tkazib yubordik. 3 ta futbolchimiz Lokomotivning yagona hujumchisiga qarshi hech narsa qila olmadi. Qo‘rqinchli narsa yo‘q. Harakatda davom etamiz va natijalarni yaxshilaymiz.

Futbolchilar o‘yinga qo‘shilib keta olmadi. Balki, bu juda ham issiq ob-havo bilan bog‘liqdir, bilmadim ammo bahona qilmoqchi emasman. Raqib ham huddi shunday vaziyada edi. Bu bizni xatoyimiz. Bellashuvlarni tahlil qilar ekanman, yo‘q joydan ochkolarni yo‘qotyapmiz. Gol urganimzidan so‘ng, futbolchilarimiz e’tiborsizlik qilmoqda.

Paxtakor tarkibida sifatli futbolchilar bor. Ularni akademiyasi yaxshi ishlamoqda. Raqibni o‘rganishni o‘rganamiz va kuchli tomonlarimizni namoyish etamiz. Ularga qulay bo‘lgan futbolni o‘ynamasligi uchun qo‘limizdan kelgan ishni qilamiz.

Men Interga muxlislik qilmayman. Italiya va O‘zbekistonda futbolchilarning darajasi farq qiladi. Ular biz kabi xatolarni qilmaydi. Afsuski, futbolchilar bosim ostida kontsentratsiyani yo‘qotmoqda. Agar to‘g‘ri o‘ynaganimizda, gol o‘ktazmasligimiz kerak edi. Bu ish Surxon bilan ham takrorlangan edi. Bu borada ishlashimiz kerak.

Keling, vaziyat qanday rivoj olishini tomosha qilaylik. Hozircha, O‘zbekistondagi futbolchilarga e’tibor qaratganimiz yaxshi. Xorijlik futbolchilarga bizni iqlimga moslashish qiyin bo‘lmoqda. Shu ustida ishlayapmiz. Aniq gap ayta olayman.

mib
uzcard
cola
apex
bmb