Ilyos Zeytullayev: Bunyodkor foydasi uchun barcha narsaga tayyorman

Superliga 13-turidan o‘rin olgan Paxtakor – Bunyodkor (1:0) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Ilyos Zeytullayev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Birinchi bo‘limda 5-6 ta imkoniyat sodir etib, foydalana olmadik. Menimcha, tengma-teng o‘yin ko‘rsatdik. Xafa emasman, ammo afsusdaman. Qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilyapmiz. Bugun, eng yaxshi o‘yinlarimizdan birini ko‘rsatib ham ochko ishlay olmadik.

Men jamoaga kelganimda, Bunyodkor so‘nggi o‘rinda borayotgan edi. Hozir, turnir jadvalida ko‘tarilishni amalga oshirdik. Metallurgdan bir o‘yin kamroq o‘tgazganimizni ham inobatga olish lozim. Biz har bir bahsda 5-6 golli vaziyat yaratyapmiz. Menimcha, chiroyli emas, aniq harakat qilishimiz kerak. Agar uchrashuvlarda g‘alaba qozona olmasang, mag‘lub bo‘lmasingiz kerak.

Albatta ruhan bosim bor. Men ham futbolchilik davrimda bunday holatlarni boshimdan o‘tkazganman. Bu futbol. Oldimizda tanaffus bo‘ladi. Ikkinchi davraga yaxshi tayyorgarlik ko‘rish kerak. Men, mehnat va sabr orqali hamma narsaga erishish mumkinligiga ishonaman.Muxlislarimizni xursand qilmqochi edik, ammo buning imkoni bo‘lmadi.

Abduxoliqov – jamoamiz sardori. Ma’suliyatni his qiladi. Bizni futbolchilarimiz bilan urishib ketdi, demagan bo‘lar edim. Aksincha, yigitlarni himoya qildi. Albatta, u bilan gaplashamiz. Futbolchi o‘z energiyasini bunday narsalarga sarflamasligi kerak. U tajribali futbolchi. Temurxo‘ja ko‘proq gol kiritish haqida o‘ylash kerak. Jamoaga yordam bera olmayotganidan asabiylashmoqda.

Men o‘z o‘rnimni yo‘qotib qo‘yishdan qo‘rqmayman. Ertaga nima bo‘lishini hech kim bilmaydi. Bu murabbiylik faoliyatida normal holat. Agar rahbariyat meni chetga chiqib turishimni so‘rasa o‘ylab o‘tirmay rozi bo‘laman. Nafaqat men, balki shtabim ham jamoa foydasi uchun bosh qotiryapmiz. Bunyodkor foydasi uchun kerak bo‘lsa, hamma narsaga tayyorman.

mib
uzcard
cola
apex
bmb