Ro‘ziqul Berdiyev: Jamoalar ehtiyotkor harakat qilishdi.

Superliga 13-turidan o‘rin olgan Metallurg – Nasaf (0:0) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Bugun o‘yin yuqori tempda o‘tmadi. Sababi, jamoalardagi charchoq va havoning issiqligi bo‘lishi mumkin. Ikki jamoada ham bahsni g‘alaba bilan yakunlash imkoni bor edi, ammo ikkisi ham ehtiyotkorlikni birinchi o‘ringa olib chiqdi. Natija bizni qanoatlantirmaydi, ammo vaziyatdan kelib chiqsak bundan ham yomonroq bo‘lishi mumkin edi.

So‘nggi uchrashuvlarda yo‘qotishlar sababli bir tarkib harakat qilyapmiz. Yo‘qotishlar ko‘payib ketgani bor gap. Shu bois, Akmal Mozgovoydan foydalana olmadik. Ularning yo‘qligi natijalarimizga ta’sir qilishi bor gap. Afsuski, hujum chizig‘imiz asosiy muammo bo‘lib qolmoqda. Bu borada ishlayapmiz, ammo yaxshi vaziyatlarni golga aylantira olmayapmiz. Ularga e’tirozlarimizni bildiramiz.

Harakat qilyapmiz, ularni bosimdan xalos qilishga, ammo qanotlardagi bog‘lamlarimiz yo‘qligi ham sezilmoqda. Birgina Oybek va Sherzodning yo‘qligi darrov o‘yinimizda ko‘zga tashlandi. Akmal va Sharofning yo‘qligi ham bizga t’asir qilmoqda. Bu raqiblarga ham bog‘liq aslida. Neftchi singari, Metallurg ham 5 ta himoyachi bilan to‘p tepadi. Ular sizga jarima maydonchasi ichida bosh zona bermaydi. Bugungi natijani yo‘qotishlar va aynan shu faktorga bog‘lagan bo‘lar edim.

Mozgovoyning jarohati jiddiy emas, ammo bugun tavakkal qilmaslikka qaror qildik. Umid qilamanki, u keyingi o‘yinda bizga yordam bera oladi.

Bu borada rahbariyat bilan birgalikda boshqotiryapmiz. Chempionatda ham, xalqaro maydonda ham muvaffaqiyatli ishtirok etishimiz uchun mahoratli futbolchilar kerak bo‘ladi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb