Artyom Petrosyan: Ekspertlarning bashoratlari jaxlimizni chiqardi.

Superliga 13-turidan o‘rin olgan Andijon – Navbahor (3:0) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar murabbiyi Artyom Petrosyan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Birinchi navbatda Andijon xalqini tabriklayman. O‘yin borasida gapiradigan bo‘lsam, raqib kim ekanligini bilar edik. Tarkib borasida Superliganing eng kuchli jamoasi bilan kuch sinashdik. Ular safida terma jamoada asosiy tarkibda to‘p tepadigan yigitlar bor. Bugungi vazifamiz himoyada mustahkam o‘ynab, qarshi hujumlarda tezkorlik namoyish etish edi. Namangan klubining qanot himoyachilari oldinga chiqib harakat qilishini bilar edik. Aynan shundan foydalanmoqchi edik. O‘zingiz ko‘rdingiz. Nimadir o‘xshadi, yana nimalardir o‘xshamadi. Tashqaridan Navbahor bahsni boshqargandek ko‘ringan bo‘lsada, hech qanday imkoniyat qoldirmadik.

Biz ham o‘yin oldidan internetdagi ekspertlarning Navbahorning imkoniyatini yuqori baholaganini o‘qidik. Bu bizning jaxlimizni chiqardi. Bellashuv haqidagi barcha fikrlar o‘yingacha bo‘ladi. Yigitlar ham buni o‘qigan. Ularning ham bu jaxlini chiqargan. Seriya borasida to‘xtalsam. G‘alabasiz o‘yinlarimiz borasida mashg‘ulotlarda ishladik. O‘ylashimcha, mehnatimiz samara berdi.

Ikki kun dam olib, kubok uchrashuviga tayyorgarlikni boshlaymiz. Kubokda g‘alaba qozonish uchun maydonga chiqib harakat qilamiz. Qolganini vaqt ko‘rsatadi. Birinchi davradan keyin rejaga ko‘ra bir hafta dam olamiz. Keyin, Toshkentda yig‘in o‘tkazamiz. 3 ta o‘rtoqlik bahsini o‘tkazish rejamiz bor. Ortga qaytib, Andijonda mashg‘ulotlarni davom ettiramiz.

Hozircha rahbariyat bu borada ish olib bormoqda. Bir ikki pozitsiyalar bor va ularni kuchaytirishimiz shart. Agar, muxlislarni xursand qilishni istasak, bu ishni qilishimiz shart.

Yoshlar stabil o‘yin ko‘rsatmaydi. Buning uchun tajriba kerak. Bu o‘yinlar ortidan keladi. Oldimizda mavsum boshida hech qanday maqsad qo‘yilmagan edi. Asosiy e’tibor yoshlar bilan natija qilish so‘ralgan. Hujumchi borasida hech narsa deya olmayman. Rubin Hebay masalasida ham hech qanday ma’lumot bera olmayman. Barchasini vaqt ko‘rsatadi. Yana bir bor takrorlayman, bir ikkita pozitsiyamizni kuchaytirishimiz kerak.

mib
uzcard
cola
apex
bmb