OKMK klubi sharafini himoya qilayotgan ikki nafar futbolchi o‘zaro hamkorlikni uzoqroq davom ettirish taklifiga rozilik bildirdi.
Nodirbek Abdurazzoqov hamda Aziz Xolmurodov endilikda 2027-yil yakuniga qadar OKMK sharafini himoya qiladi. Klub 20 yoshli mazkur futbolchilarga avvalgisiga qaraganda yaxshiroq shartnomalar taklif qilgan. Mehnat shartnomalariga ko‘ra, futbolchilar maoshi yildan-yilga ko‘tarilib boradi.
Klub, shuningdek, yozgi transfer oldidan Shohrux Abduhalilov bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qildi. Mazkur futbolchi joriy mavsum OKMK asosiy tarkibida faqatgina 1 ta o‘yinda ishtirok etgan bo‘lib, Superliga 7-turi doirasida kechgan Lokomotiv’ga qarshi bellashuvning 90-daqiqasidan keyin maydonda ko‘ringandi.