Artyom Petrosyan: So‘nngi nuqtani qo‘yishda xatolikka yo‘l qo‘ymoqdamiz

Superliga 12-turidan o‘rin olgan Dinamo – Andijon (1:1) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar yordamchi murabbiyi Artyom Petrosyan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Jangovor o‘yin bo‘ldi. Muxlislarimizni xafa qilmaslikka harakat qildik. Ular bizni qo‘llab-quvvatlash uchun 600 kilometr yo‘lni bo‘sib o‘tishdi. Samarqand xalqini katta futbol qaytgani bilan tabriklayman. Ishqibozlar ajoyib atmosferani yuzaga keltirdi. O‘yin haqida fikr bildirsam. Yaxshi boshladik, ammo to‘p o‘tkazib yubordik. Muammolar bor. Chiziqlardagi kamchiliklar sababli raqib bizni darvozamiz atrofida bir nechta imkoniyatga ega bo‘ldi. Ikkinchi bo‘limda vaziyatni tenglashtirdik. Afsuski, bizga ikkinchi bo‘limda biroz oldingi chiziqdagi yigitlarga tajriba etishmadi. So‘nggi zarba bo‘lmadi. Bu ustida ishlaymiz.

Aytdim-ku, bizga yakun yetishmayapti. Ishtiyoq borasida yigitlarga hech qanday e’tiroz yo‘q. So‘nggi uzatma va so‘nggi zarba yetishmayapti. Bizga, golli uzatma amalga oshiradigan pleymeyker yetishmayapti.

Hebay O‘zbekistonda qolishni istamadi. Agar uni majburlasak, bundan hech qanday ma’no yo‘q edi. Tushunaman, u o‘tgan mavsumda bizga ko‘p yordam berdi, ammo bir futbolchi atrofida jamoa qurib bo‘lmaydi. Uni ortga qaytarish borasida rahbariyat kerakli ishlarni olib bormoqda.

mib
uzcard
cola
apex
bmb