Superliga 12-turidan o‘rin olgan Lokomotiv – So‘g‘diyona (1:2) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Aleksandr Krestinin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
Yaxshi o‘yin bo‘ldi. Ikki darvoza oldida keskinlik bo‘ldi. Afsuski, mudofaada ishonchli o‘yin ko‘rsata olmadik. Raqib bugun kamroq xato qilgani uchun g‘alaba qozondi.
O‘tgan bellashuvdan farqli o‘laroq, bugun bahs dinamikasi yaxshiroq edi. Vaziyatlar ham o‘tgan uchrashuvdan ko‘proq bo‘ldi. To‘p bilan yaxshiroq munosabatda bo‘ldik. Bugun, yigitlar ko‘rsatgan futbol ancha tezroq edi. Xato hammada bo‘ladi, ammo o‘yinni kuchaytirishimiz shart. Qo‘shimchasiga, psixologik va kadrlar bilan muammo bor. Albatta, qisman bu bilan bog‘liq, ammo professional futbolchi o‘z emotsiyalarini jilovlay olish kerak.
Xudoyberganov bizning ko‘rsatmalarga rioya qilmadi. Futbolchi jamoasiga foyda keltirishi lozim.