Dinamo Plyus futbol klubidan transfer taqiqi olib tashlandi

Joriy yilning 25-mart kuni FIFA Nizolarni hal qilish palatasi Dinamo Plyus futbol klubi va futbolchi Anton Tolordava o‘rtasidagi nizoli vaziyat yuzasidan qaror chiqargan edi. 

Unda qayd etilishicha, futbolchi va klub o‘rtasidagi moliyaviy nizoli holat 45 kun muddat ichida to‘liq bartaraf etilishi lozim. Agar mazkur masala ko‘rsatilgan vaqt ichida yechim topmasa, FIFA klubga nisbatan transfer taqiqi belgilashi ma’lum qilingan. Keyinroq Dinamo belgilangan muddatda ishni yopmagani uchun FIFA may oyida klubga nisbatan transfer taqiqi belgiladi. 

Dinamo kuni kecha sobiq futbolchisi bilan to‘liq hisob-kitob qildi va klubdan transfer taqiqi olib tashlandi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb