Superliga 12-turidan o‘rin olgan OKMK – Paxtakor (4:2) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
Albatta, xursand qiladigan tomonlari ko‘p o‘yin bo‘ldi. Paxtakor nomdor jamoa. Oson bo‘lgani yo‘q, ammo uchrashuv tizgini biz tomonda bo‘ldi. Kiyinish xonasiga yo‘l olish oldidan o‘tkazib yuborgan golimiz bizni sindirib qo‘ymadi. Shogirdlarim oxirigacha kurashishdi. Tomoshabop futbol ko‘rdik. Yigitlarga minnatdorchilik bildiraman.
To‘g‘risi, eng yomon ko‘rgan narsam bashorat qilish. Jo‘jani kuzda sanaymiz. Murabbiy har doim ham jamoasidan qoniqmaydi, ammo bunday g‘alabalar kelajakka umid bilan qarash degani. Chempionlik haqida gap borsa, tarkibni kuchaytirish kerakligini aytishim mumkin. Avvalo, ishqibozlar uchun chiroyli o‘yin namoyish etishimiz kerak. Ishdan keyin ular ortga xursand bo‘lib ketishi kerak. Ishlashda davom etsak, natija o‘zi keladi.
Yil boshida jismoniy tayyorgarlik ko‘rish bilan bog‘liq. Bunyodkorda ishlagan paytimizga ham e’tibor qilsangiz, bu ishni uddalaganmiz. Futboldagi gollar jamoalarning jismoniy xolatiga bog‘liq. OKMKda ham shuni qo‘llashga harakat qilamiz. Hozir bu g‘alabalardan faxrlanib ketishning keragi yo‘q. Hozir, Qizilqum bilan bahsga tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak.
To‘g‘risi, hozir bu oson ish emas. Hozir futbolchilar kontrakt bermaguningcha, mashg‘ulotga ham chiqmaslikni o‘rganib olgan. Unga baho berish uchun videodagi harakatlari va statistikasini o‘rganish mumkin xolos. Bu katta tavakkal. Almdamchi hislar bu. Imkon qadar chertib-chertib tanlashga harakat qilamiz.
Sanches sekin-asta o‘yinga qaytmoqda. Olimpik bilan bahsda so‘nggi 5 daqiqaga maydonga tushdi. Shohruh Gadoyev ham sekin-asta tarkibga qo‘shiladi. Buni ham hisobga olish kerak. Fikrlar bor, ammo oson emas.