Superligada 12-tur o‘yinlari davom ettirildi. Bunyodkor klubi bu tur o‘z maydonida Olimpik jamoasini qabul qildi.
Toshkentdagi Bunyodkor stadionida kechgan bellashuv 1:1 hisobidagi durang bilan nihoyasiga yetdi. E’tiborlisi, mezbonlar Mirjahon Mirahmadov hamda Franye Chiryakning maydondan chetlatilishidan so‘ng birinchi bo‘limda maydonda 9 kishi bo‘lib qolishgan edi.
Superliga 12-tur
BUNYoDKOR – OLIMPIK 1:1.