Jamshid Saidov: Jamoaga yangi qon kerak

Superliga 12-turidan o‘rin olgan Navbahor – Qizilqum (0:0) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Jamshid Saidov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O‘yin haqida ortiqcha hech narsa demoqchi emasman. Yaxshi bellashuv bo‘ldi. Ha, himoyadan, qarshi hujumda o‘ynamoqchi edik. Menimcha, grandlar bilan shunday o‘ynash ham kerak aslida. Qo‘shimchasiga, omad bugun biz tomonda bo‘lganini ham ta’kidlash lozim. Umuman olganda, yigitlarga bugungi uchrashuv uchun tashakkur. Uzoq Navoiydan kelgan ishqibozlarga ham alohida rahmat aytaman.

Afsuski, Shulayaning jarohati haqida biror narsa ayta olmayman. Uni shifokorlar ko‘rib, 2-3 kun ichida jarohati qay darajada jiddiy ekanligi borasida xulosa berishadi. Akakining jarohati sababli bizning o‘yinga tanlagan taktikamiz o‘zgarib ketdi. Umid qilamanki, jarohati jiddiy bo‘lib chiqmaydi. Uni OKMK bilan bahsga tayyor bo‘lishidan umidimiz bor.

Mavsumni juda yaxshi boshlagan bo‘lsakda, keyin omad bizdan yuz o‘girgandek bo‘ldi. Albatta, jamoaga yangi qon kerak. Selektsiya ishlari olib boriladi. Menimcha, jamoa umuman olib qaraganda yomon ko‘rinmayapti.

Agar e’tibor berib qarasangiz, biz hujumkor futbol namoyish etamiz. Chempionatda g‘olibligi uchun harakat qilayotgan jamoa bilan hech kim ochiq futbol o‘ynamaydi. Ha bugun, himoyalandik, ammo Navbahor tarkibiga qarang. Terma jamoaning yarim tarkibi shu yerda. Ularning aksariyat futbolchilari bir necha bor mamlakat chempionligiga erishgan. Aynan shu sababli, hech kim ular bilan ochiq futbol o‘ynamaydi. Aniqsa, o‘z uyida pressingga urg‘u beradi. Ilk daqiqalardanoq boshlangan bosim va muxlislarning qo‘llab-quvvatlashini ham hisobga olish lozim. Biz buni bilar edik va bunga tayyorlangan edik. Nima bo‘lganda ham bugun biz ochko ishladik va bu biz uchun muhim.

 

mib
uzcard
cola
apex
bmb