Ro‘ziqul Berdiyev: Kuchli jamoani yengdik

Superliga 12-turidan o‘rin olgan Nasaf – Neftchi (1:0) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Bugun, o‘yinni faol boshladik. Raqibni xato qilishga majbur qildik. Qizil kartochka olishiga sabab bo‘ldik. Shunga qaramay, raqib bir kishi kam bo‘lganidan keyin, biroz o‘yinimizda pasayish kuzatildi. Shu o‘rinda bir narsani aytish lozim, Farg‘ona klubi 5 ta himoyachi bilan pozitsion himoyalandi. Bunday holatda, tezkor hujumlar uyushtirishga qiynalasiz. Ba’zan, hujumdagi harakatlarimiz samarali bo‘lmagandir. Kuchli jamoani mag‘lub etdik.

Albatta, yetakchilarimizning yo‘q ekanligi har bir o‘yinda o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Shunga qaramay, bahona qilmaymiz. Futbolchilarimiz yetarli.

Sug‘diyonaga qarshi bahsdan 2 kun oldin Marushich ham, Bozorov ham bir paytda mashg‘ulotda jarohat oldi. Muskullari bilan bog‘liq bo‘lgani bois, ular Jizzaxda ham, bugun ham bizga yordam bera olmadi. Balki, keyingi bahslarda ham ularning yordamidan foydalana olmasligimiz mumkin. Davolanish uchun biroz vaqt kerak bo‘ladi. Bundan tashqari, Silva va Davronovlarda ham jarohat bor.

Neftchi – eng yaxshi himoyalanadigan jamoa hisoblanadi. E’tibor bergan bo‘lsangiz, bu jamoani hech kim 2 to‘p farqi bilan yengmagan. Ular sabr bilan qarshi hujum paytini kutadi. To‘g‘risi, ularni 4 himoyachi bilan harakat qilishini kutgan edim, ammo bunday bo‘lmadi. Raqib bir kishi kam bo‘lganda ham vaziyat yarata olmadi. Neftchi o‘z o‘yinidan voz kechmadi.

Biz bellashuvni yaxshi boshlaganimiz uchun juda xotirjam edim. Qo‘shimchasiga, qizil kartochkadan keyin futbolchilarimga to‘liq ishondim. To‘g‘ri, asabiylashdim, ammo yigitlarni o‘zi o‘yinni qo‘lga olishini kerakligini bilar edim.

To‘g‘risi, Muhiddinov to‘pni ishonch bilan olgani xotirjam qilgan edi. Vaholanki, Islom Kenjaboyevda ham zarba berish niyati bor edi. Bizni asosiy penalti tepuchi futbolchilarimiz Marko Stanoyevich va Javohir Sidiqov maydonda yo‘qligi bois, Muhiddinov zarba yo‘lladi. O‘tgan safar Zoran nuqtaga yaqinlashganida, zarbani yaxshi ijro eta olmasligini sezgan edim, ammo u to‘pni olgach, tepmaslikni so‘rash to‘g‘ri emas.

Jaba o‘yinga negadir yaxshi kirishib keta olmadi. Qo‘shimchasiga, raqib bir kishi kam bo‘lib qolgani bois, biz qanotlarga urg‘u berishni istadik. Aynan shu sababli Chogadzeni o‘yinga qo‘shdik.

Biz legionerlardan bundan ham yaxshiroq o‘yin kutyapmiz. Shu sababli, e’tirozlarimiz bor.

mib
uzcard
cola
apex
bmb