Vitaliy Levchenko: Yigitlar oxirigacha kurashishdi

Superliga 12-turidan o‘rin olgan Nasaf – Neftchi (1:0) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O‘yinni juda yomon boshladik. Qo‘shimchasiga, chetlatish ham ta’sir qildi. Nasaf bilan tengma-teng o‘ynash 11 futbolchi bilan aslida mushkul vazifa.  Yigitlar bugun oxirigacha jang qilishdi. Buning uchun ularga tashakkur. Raqibni g‘alaba bilan tabriklayman.

Afsuski, hujumda bizga bir futbolchi yetishmadi. Aynan uning yo‘qligi sababli hujumlarimizda uyushqoqlik ko‘zga tashlanmadi. Chiziqlardagi bog‘lamlar ham ishlamadi. Husayn qo‘lidan kelgan hammasini qildi, ammo unga sherik yetishmadi.

Nasaf taym boshida aktivlik namoyish etdi va darrov bu maydon markazidagi  holatimizga ta’sir ko‘rsatdi. Shu orqali Nasafning ustunligiga ta’sir ko‘rsatishga xarakat qildik. Qo‘shimchasiga, o‘yinimizni ham kuchaytdik.

Agar kuzatib borgan bo‘lsangiz, Olimpiya terma jamoasiga ketish oldidan Jaloliddinovning tana harorati ko‘tarilib turgan edi. Musobaqadan kichik jarohat bilan qaytdi. Bunday savollarni berishdan oldin, jamoaning ichki muhiti va futbolchilarning holati haqida ma’lumotga ega bo‘lish lozim. Mana bugun maydonga tushdi va o‘yinni kuchaytirdi. Ayrim omillar unga 100 foiz imkoniyatini namoyish etishga yo‘l qo‘ymayapti. Sababi shu.

Bunday o‘yinlarda ortiqcha ko‘rsatma berishga ham xojat yo‘q. Yigitlar barchasini tushunib turadi. Aksincha, hissiyotga berilmaslikni so‘rab, ularni xotirjam qilish kerak. Masalan bugun yo‘q joydan 10 daqiqada qizil kartochka ishlab oldik. Emotsiyani bir chetga surib, sovuq miya bilan to‘p surish kerak.

mib
uzcard
cola
apex
bmb