Fevzi Davletov: Raqib bizning ishimizni ancha yengillatib berdi

Superliga 12-turidan o‘rin olgan Surxon – Metallurg (2:1) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Fevzi Davletov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Birinchi navbatda futbolchi va muxlislarimizni g‘alaba bilan tabriklamoqchiman. Qiyin o‘yin bo‘ldi. Ilk bo‘limda bizga tezlik yetishmadi. Yigitlardan qanotlar orqali o‘ynashni iltimos qildik. Raqib markazda bizga yaxshi qarshilik ko‘rsatishi va shunga o‘xshash boshqa ko‘plab faktorlarni o‘yindan oldin o‘rgangan edik. Maydon markazida to‘pni olib qo‘yib, tezkor qarshi hujumlarga o‘tishni reja qilgan edik. Kamchilik bo‘lib qolgach, yigitlar tanaffusda gaplashib olishdi. Bu vaziyatda raqib orqaga chekinib bizni ishimizni osonlashtirdi. Bu o‘z-o‘zidan bizga vaziyatlar yaratish uchun qo‘shimcha bo‘sh zonalar taqdim etdi. O‘ylashimcha, biz uchun yaxshi dars bo‘ldi.

Agar raqib yuqoriroq chiqib harakat qilganida va pressinga urg‘u berganida, ancha qiynab qo‘ygan bo‘lar edi. Ular bizni ishimizni ancha yengilatib berishdi. Bizga bo‘shliq berib, hujumlarimiz uchun zona ochildi. Qo‘shimchasiga, jarima maydonchasi ichiga ishonch bilan kirdik. Murabbiylar shtabi doim futbolchilardan 3-4 kishi bo‘lib jarima maydonchasi ichiga kirish kerakligini takrorlaydi. Menimcha, yigitlar hammasini to‘g‘ri tushunishdi.

Potapov jamoa bilan shug‘ullanmoqda. Albatta, tez orada uning taqdiriga aniqlik kiritamiz. Barchasi, unga bog‘liq. O‘ylashimcha, yaqin orada hammasi hal bo‘ladi. Oldinda ikkita o‘yin qolmoqda. Undan keyin nimadir deyish mumkin.

mib
uzcard
cola
apex
bmb