Superliga 11-turidan o‘rin olgan Lokomotiv – Dinamo (0:2) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Vadim Abramov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
Raqib bugun munosib qarshilik ko‘rsatdi. Standartlardan juda ishonchli o‘yin ko‘rsatdi. Bahsdan oldin ularni o‘rgangan edik. Bugun, bizga biroz omad ham keldi. Birinchi bo‘limda 2 ta gol kiritishni uddaladik. Qiyin g‘alaba bo‘ldi. Men yigitlarga o‘tgan turdagi alamli mag‘lubiyatdan keyin bugun bor kuchi bilan xarakat qilgani uchun minnatdorchilik bildiraman. Birinchi davra yakuniga qadar ikki o‘yin bor. Tayyorgarlikni davom ettiramiz.
Adashmasam, biz birinchi marotaba o‘yin davomida o‘z darvozamizdan to‘p olib chiqmadik. Quruq o‘yindan so‘ng, himoyachilarga qandaydir e’tiroz bo‘lishi ham mumkin emas. Boz ustiga, Lokomotiv uzun paslar orqali o‘ynab vazifamizni osonlashtirdi. Tinimsiz kurashlar bo‘ldi. Menimcha, Lokomotiv uchun ham bizning bugun ko‘rsatgan o‘yinimiz syurpirz bo‘ldi. Biroz o‘yinimizda o‘zgarishlar kiritdik.
Raqib murabbiyi o‘z lavozimida yangi bo‘lishiga qaramay, uni o‘rganishga ulgurgan edik. Menimcha, tablodagi hisob ham bizning foydamizga ishladi. O‘yin ham osonroq kechdi.
Agar bugun g‘alaba qozongan bo‘lsak, demak tiklanishni uddalay olibmiz. Adashmasam 22-sanada yana bir o‘yin bizni kutib turibdi. Shifokorlarimiz tinimsiz ish olib bormoqda. Afsuski, juda ko‘p sariq kartochka olyapmiz. Bugun ham shu ish davom etmoqda. Balki, to‘pni to‘g‘ri olib qo‘yishni uddalay olmayotgandirmiz.
Oldinda Andijon va So‘g‘diyonaga qarshi bahslar kutib turibdi. Aytganingizdek, ikkisi ham chinakam jangari jamoalar. Andijon 2:0 hisobida yengila turib 2 kishi kam bo‘lib durang natija qayd etishni uddaladi.