Aleksandr Krestinin: Jismoniy holatimizni bugungi o‘yin ko‘rsatib turibdi

Superliga 11-turidan o‘rin olgan Lokomotiv – Dinamo (0:2) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Aleksandr Krestinin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Raqibni g‘alaba bilan tabriklayman. Bugun ular o‘zi yaratgan imkoniyatlardan unumli foydalandi. To‘g‘riroq qilib aytsak, xatolarimiz uchun jazolashdi. Afsuski, biz imkoniyatlarimizdan foydalana olmadik.

Jamoani chuqurlikdan olib chiqib ketish uchun g‘oyangiz bormi? Albatta. Qabul qilingan qarorlar ijrosi ustida ishlaymiz. Bugun biz o‘zimiz tayyorgarlik ko‘rayotgan futbolni yo‘lga qo‘yganimizcha yo‘q. Raqibning ishini ancha osonlashtirdik. Bilaman, vaqt yetarli emas, ammo hammasini tahlil qilamiz. Yechim bor. Takrorlayman, hammasini katta mehnat bilan yengamiz. Hech qanday inqiroz haqida gap bo‘lishi mumkin emas.

Jismoniy holatimizni afsuski, o‘yin ko‘rsatib berdi. Juda ko‘p xatolar to‘pni yo‘qotishga sabab bo‘ldi. Mavsum o‘rtasida jismoniy holatni yaxshilash oson bo‘lmaydi. Hozir imkonsiz paytda ham xarakter evaziga uddalashimiz shart. Kurashish kerak. Tayyor emas edik, deb bahona qilish kerak emas.

Men avvalgi murabbiyni muhokama qilmoqchi emasman. Ha, muammolarning bor ekanligini bilamiz. Ruhiy xolatimiz ham yigitlarga bosim o‘tkazmoqda. G‘alabasiz seriya davom etmoqda. Bizning vazifamiz 15 daqiqa emas, 90 daqiqa futbol o‘ynash.

Transfer siyosati bizning jismoniy xolatimizga bog‘liq emas. Bu boshqa-boshqa mavzular. Bizga vaqt kerak. Jamoani kuchaytirishga harakat qilishimiz tabiiy. Kimdir ishonchni oqladi, yana kimdir esa yo‘q. Shunday ekan, bu borada ish ketmoqda. O‘zgarishlar bo‘ladi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb