Superliga 11-turidan o‘rin olgan Olimpik – OKMK (0:1) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Timur Kapadze o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
Ob-havo anchagina issiq bo‘ldi va har ikkala jamoa ham yaxshigina kuch sarflashdi. Birinchi bo‘limda yaxshi imkoniyatlarga ega bo‘ldik, faqatgina omad bizdan yuz o‘girdi. Ikkinchi taymda esa teng kurash bo‘ldik. Penalti barchasini hal qildi. O‘sha vaziyatda xato qildik. Bugun futbolchilar oxirigacha kurashishdi.
O‘ylashimcha, vaziyatlar bizda ko‘proq bo‘ldi. Bu bahs birinchi golgacha edi. Kim birinchi to‘p kiritsa, o‘sha 3 ochkoga ega chiqardi. G‘alabaga munosib edik. Hujumda yaxshiroq harakat qilsak bo‘lardi. OKMKning tajribali futbolchilari epizodlarda yaxshi o‘yin ko‘rsatdi. Birgina penalti barchasini hal qildi, bu alamli.