O‘zbekiston kubogining 1/8 finalidan o‘rin olgan Aral — Paxtakor uchrashuvi Toshkentda bo‘lib o‘tadi. Bu haqda har ikki jamoa o‘zaro kelishuvga erishdi va birgalikda Ligaga murojaat qildi. Avvalroq uchrashuv 6-iyul kuni bo‘lib o‘tishi e’lon qilingandi.
Aral jamoasi uy o‘yinlarini o‘tkazayotgan stadionda VAR texnikasidan foydalanish imkoniyati mavjud emas. Shuningdek, stadionda talab darajasidagi projektor yo‘q, iyul ob-havosi sun’iy maydonga ham o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Mazkur holat nafaqat Paxtakor, balki Aral futbolchilari uchun ham noqulaylik keltirib chiqaradi. Shundan kelib chiqib, har ikki klub masalani o‘zaro hal qildi.