Superliga 11-turidan o‘rin olgan Neftchi – Surxon (1:1) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar murabbiyi Fevzi Davletov matbuot anjumanida ishtirok etdi.
Nima ham derdim, juda og‘ir o‘yin bo‘ldi. Vodiyda doim qiyin bo‘ladi. Muxlislarning bosimi seziladi. Bugun vertikal futbol bo‘lishini kutgan edik. Birinchi bo‘limda, yakkakurashlardan qochmay to‘pni raqib tomonga surishga intildik. Agar, birinchi bo‘limda buni uddalagan bo‘lsak, ikkinchi taymda pozitsion himoyalandik. Ishlashimiz kerak bo‘lgan narsalar ko‘p. Albatta ikkinchi bo‘limni tahlil qilamiz.
Krimets afsuski, jarohat oldi. Hozir shifokorlar ko‘rigida bo‘lib turibdi. Ertaga uning jarohati qay darajada ekanligi ma’lum bo‘ladi.
Futbolchilik davrimdan beri Namangan yoki Farg‘onada to‘p tepish qiyin ekanligini bilaman. Albatta, tayyorgarlik ko‘rish kerak. Neftchi – top jamoa va chempionlik uchun kurashmoqda. Ko‘rganingizdek, bugun bizga yangi kuchlar yetishmadi. Namanganda gol kiritish uchun imkonimiz bo‘lgan bo‘lsa, Farg‘onada yarimda imkoniyat ham yarata olmadik. Bugun bizga qiyin bo‘ldi.