Vitaliy Levchenko: G‘alabaga loyiq edik

Superliga 11-turidan o‘rin olgan Neftchi – Surxon (1:1) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar murabbiyi Vitaliy Levchenko matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Raqib birinchi bo‘limda hech nima taklif eta olmadi. Yosh bolalardek to‘p o‘tkazib yubordik.  Ikkinchi bo‘limda to‘liq ustunlik qildik. Katta ustunlik qilsak-da, g‘alaba qozonish uchun gol yetishmadi. G‘alabaga loyiq edik.

Effiong nega erta zaxiraga olindi? Agar meni o‘rnimga murabbiylik kursisiga o‘tirsangiz, qaror qabul qilishingiz mumkin. Ana shunda, kimni almashtirish va olib qolishni hal qilasiz. Sizningcha u yaxshi o‘ynadi-mi? Maydonda juda yomon ko‘rindi.  Tezlik yetishmadi. Hujumchilarga, mahorat, balki omad yetishmagandir. Bugun raqib atigi 3 marta bizni yarim maydonimizga o‘tdi.

Neftchi birinchi taymdan farqli o‘laroq, ikkinchi bo‘limda mayda paslar bilan o‘ynadi. Bu nima bilan bog‘liq? Buni taktika bilan hech qanday aloqasi yo‘q. 11 kishi bo‘lib himoyalanayotgan raqib bilan yanada qanday o‘ynash mumkin? Menga tushuntirib bering. Qanotlar yordamida, devor uslubida hujum qilishga urindik. Bugun, raqibni maydonda ko‘rdingizmi? Yana nima haqida gapirish mumkin? 10 kishi jarima maydonchasi ichida turib himoyalandi. E’tibor bering.

mib
uzcard
cola
apex
bmb