Artyom Petrosyan: Yigitlar xarakter ko‘rsatishdi

Superliga 11-turidan o‘rin olgan Qizilqum – Andijon (3:3) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar murabbiyi Artyom Petrosyan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O‘yin borasida nima deyishim mumkin? Juda yomon boshladik. Ikki o‘yindan beri tezkor gol o‘tkazib yubordik. O‘zimizga kela boshlaganimizda, qizil kartochka oldik. Yigitlar hali ham emotsiyada. 0:2 dan keyin qo‘lni tushirib yuborishmagani uchun ularga tashakkur. 2:2 qildik, qo‘shimcha daqiqalarda gol o‘tkazib yuborganda ham bo‘sh kelmadik. O‘yini tortib oldik. Bugun 85 daqiqa davomida bir kishi kam bo‘lib harakat qildik. Bemalol, ochko ishladik deb ayta olaman.

Nima uchun bosh murabbiyga qizil kartochka ko‘rsatildi? To‘g‘risi, bilmadim. Balki, golni juda emotsiyaga berilgan xolda nishonlagani uchun kartochka ko‘rsatilgandir. Futbol bu emotsiya. Uni robot singari jim turib tomosha qilib bo‘lmaydi. Nafaqat murabbiy, balki butun zaxira o‘rindig‘i o‘rnidan turib ketdi. Bunday og‘ir o‘yinda, bu normal xolat.

Arveladze zaxiradan o‘yinga qo‘shilib bizga 1 ochko olib keldi. Har bir bahs uchun rejamiz bor. Shundan kelib chiqib tarkib tanlaymiz.

Andijon optimal tarkib tanlashda kech qolmadimi? Manchester Siti yoki Real murabbiyiga bu savolni bersangiz, ular ham bir yo ikki pozitsiyani kuchaytirish kerakligini aytadi. Kechagi mashg‘ulotdan kelib chiqib tarkib tanlangan.

mib
uzcard
cola
apex
bmb