Ilyos Zeytullayev: Ko‘prog‘iga loyiq edik

Superliga 11-turidan o‘rin olgan Metallurg – Bunyodkor (0:0) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar murabbiyi Ilyos Zeytullayev o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Metallurgga qarshi o‘yin juda muhim ekanligini barchamiz yaxshi bilar edik. Ilk 10-15 daqiqa davomida biz raqibni o‘rgandik. Keyin esa, ko‘plab imkoniyatlarga ega bo‘ldik, ammo bundan foydalana olmadik. Biz bugun ko‘prog‘iga loyiq edik, deb ayta olaman. Shunga qaramay, raqobatchimiz bilan bahsda mehmonda bir ochko ishlashni uddaladik. Yigitlar jang qilishdi. Bu futbol.

Agar biz yaratgan imkoniyatlardan kelib chiqsak, ko‘ngilda biroz hijillik bor. Menimcha, 3 ochko ishlab olishimiz mumkin edi. Shunga qaramay, doimo elitada qolish uchun jang qiladigan Bekobod klubi bilan o‘ynaganimizni ham unutmaslik lozim. Ularga qarshi oson bo‘lmaydi. O‘ylashimcha, juda og‘ir maydonda munosib futbol namoyish etdik. Hozir, tezroq tiklanib, bor e’tiborimizni qolgan o‘yinlarga qaratishimiz kerak.

Ikkinchi bo‘limda xatolar bo‘ldi, ammo raqib bizni bu uchun jazolamaganidan xursandman. Keyingi uchrashuvlarda, aynan shu omilga suyangan holda futbol qurishga harakat qilamiz. Sababi, sen gol o‘tkazib yubormasang, kamida mag‘lubiyatga uchramaysan. Hujumda ko‘proq darvozaga zarba yo‘llashimiz kerak. Biz imkoniyatlar yaratyapmiz, ammo yakun bo‘lgani yo‘q. Bu borada ishlashda davom etamiz.

mib
uzcard
cola
apex
bmb