Superliga 11-turidan o‘rin olgan Metallurg – Bunyodkor (0:0) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Vesko Steshevich o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
Biz bugun Bunyodkorni shu tarkibi bilan ham maydonda oldinga qarab harakat qilishini kutmagan edik. Raqib o‘yindan oldin tarkib va sxemani almashtirgani sababli, biz ularga javob qaytara olmadik. Shu bois, ilk 45 daqiqalikda Bunyodkor bizdan kuchliroq ko‘rindi. Tanaffusda yigitlar bilan gaplashib oldik va o‘yinga moslashdik. Ustunlikni o‘z qo‘limizga oldik. Afsuski, yaratilgan vaziyatlardan yana foydalana olmadik. Afsuski, g‘alaba qozonmadik.
Boban Jorjevichning ketishi haqida hozir bu haqida fikr bildirishni istamayman. Rahbariyat bilan bu masalada so‘zlashdik va ular bilan kelishgan holda futbolchi bilan shartnomani bekor qildik. Ayni damda, bundan ortiq hech narsa ayta olmayman.
Yozgi tanaffusga qadar bizni chempionatda 3 ta, kubokda bitta o‘yin kutib turibdi. 4 ta bahs bu ko‘p. Hozir, biror narsa deya olmayman. Vaqti kelganda, albatta o‘ylab ko‘ramiz.
Nimelining Metallurgga kelishi? Men, buni qanchalar haqiqatga yaqin ekanligini bilmayman. Bu haqida ham hozir nimadir deyishim qiyin. Balki, futbolchining agentlari bu ma’lumotni OAVga sizdirgandir. Shunday ekan, batafsil bu mavzuda menda ma’lumot yo‘q.